So’nggi yangiliklar

02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  16 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  3 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  3 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  1 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  30 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  2 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  2 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  8 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  8

"Bunyodkor" sobiq ustozi Sergey Lushchan - "Bunyodkor"dagi muammolar, Ivan Bubalo, Belarusdagi faoliyati va yoshlar bilan ishlash (to'liq intervyu) Yangiliklar

"Bunyodkor" sobiq ustozi Sergey Lushchan - "Bunyodkor"dagi muammolar, Ivan Bubalo, Belarusdagi faoliyati va yoshlar bilan ishlash (to'liq intervyu)

Kuni kecha Championat.Asia ofisiga "Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushchan keldi va intervyu berdi.

— So'nggi bir necha yillarda qaerda edingiz, nima bilan shug'ullandingiz?
— So'nggi uch yil davomida Belarusda ishladim: ikki yil "SHaxtyor-Soligorsk" klubi akademiyasida, o'tgan yili esa birinchi ligadagi Petrikov shahrining "SHaxtyor" farm klubida. Unda 16dan 18 yoshgacha bo'lgan yosh futbolchilar bilan ishladim. Oldimizga yoshlarni tayyorlashdan boshqa vazifa qo'yishmadi. Ularni rivojlantirishga harakat qildik. "SHaxtyor-Soligorsk"da muammo bor edi: ikki yil oldingi chempionlikni olib qo'yishdi va o'tgan yili 30 ochkodan mahrum qilishdi. Barcha chet elliklar ketishdi, shu sabab o'z o'yinchilarimizni tarbiyalashdan boshqa hech narsa qolmadi.

— O'zbekiston futboli ishqibozlari bazida boshqa chempionatlarni Superliga bilan solishtirishni yaxshi ko'rishadi, birinchi navbatda MDHdan. Superliga qaysi jihatlar bo'yicha Belarus Oliy ligasidan kuchli-yu, aksincha qaysi jihatlarda kuchayish kerak?

— U erda boshqacha futbol, ko'proq "kuchga urg'u berilgan". O'zbekistonda baribir ko'proq texnikali futbol, tezlik yuqori. Belarusda "vertikal" o'ynashadi, kurash ko'p.
MDHdagi barcha chempionatlarning top-3 klublarida kuch taxminan bir xil deb hisoblayman. Pul bor, yuqori darajadagi futbolchilarni chaqira olishadi. Ikki yil oldin chempion bo'lgan paytida "SHaxtyor-Soligorsk"da juda yaxshi o'yinchilar bor edi. Minskning "Dinamo"sida ham shunday — Belarus futbolining bayroqdori, katta tarixga ega klub. Farq faqatgina o'yin uslubida.

O'zbekistonda so'nggi yillardagi asosiy klub — "Paxtakor". Agar uni "SHaxtyor-Soligorsk" bilan taqqoslasak, albatta, "Paxtakor" baribir kuchli. Umuman olganda, O'zbekiston chempionati Belarus Oliy ligasidan ko'ra yuqoriroq darajada.

— Nega o'zbekistonlik futbolchilar Belarusda yaxshi o'ynab ketishadi?
— Masalan, Husanov va Abdixoliqov to'g'ri murabbiy, aniqrog'i Anatoliy Ivanovich Yurevichning qo'liga tushishgan. Yaxshi mutaxassis, men ham aynan uning oldiga bordim: bir oy atrofidagi muddatda jamoa bilan bo'ldim, mashg'ulotlar jarayonini kuzatdim va juda qiziqarli bo'ldi. Yurevich berayotgan yuklamani O'zbekistondagi hamma ham ko'tara olmaydi. Ammo, bularning barchasi o'ylangan, u kimga qanday yuklama berishni tushunadi.
SHu sabab yigitlar kuchayadi. Menimcha, aynan Husanov bilan Belarusga uchganman. 16 yoshli yigitcha, unga barcha yuklamani berish mumkinmasligi tushunarli holat. Husanovni ikki yildan so'ng ko'rganimda bu shunchaki "bomba" bo'lgandi. U shundoq ham yaxshi edi, shunchaki jismoniy taraflama qo'shgandi. 16 yoshidayoq Abduqodir Husanovning uzoqqa borishi malum edi.


Bu intervyudan quyidagilarni bilib olasiz:
• Nega Doston Hamdamov chet el chempionatlarida o'ynab keta olmaydi;
• "Bunyodkor"ning muvaffaqiyatsizliklarida faqatgina Ivan Bubalo aybdormi;
• Luchshanga Superligadagi qaysi murabbiyning ishi ko'proq yoqadi;
• yoshlar bilan ishlash osonroqmi yoki tajribali futbolchilar bilan.


TO'LIQ INTERVYUNI TOMOSHA QILING 



Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
16 mar 18:48:04
Ixtiyorjon Azimov
Shu murabbiydi Navbaxorga ob kelish kerak babani xaydash kerak chunki u g'irrom faqat pul yuvishdi biladi lushshan busa yoshlar b-n yaxshi ishlaydi futbolchi yetishtirib bera oladi bunga misol Shomurodov xamdamov urinboyev g'iyosov xusanovga uxshash futbolchilar
+1   
16 mar 18:35:52
Мирзаев А.
Ўртамиёна ҳимоячи бўлган эди, мураббий эса туфта эди
+1   
16 mar 18:32:40
Бафо Нарзуллаев
Беларусда Бизникидай пул ишлаб булмайди...Бу Узбекистондалигида футболчилиган бошлаб, тренерлигида хам Купариб пул ишлади...Энди кайтишга куйишмайди..куп судбозлик килди..
+1   
16 mar 17:54:05
SO'G'DIYONA Jizzax
Сан касал журналистла узиники билан бировникини солиштириб чарчамадиларинг. Шу эсимми таниганимдан бери бир хил савол тема факат солиштириш. Узини журналист хисоблайди бир хил саволни едловолиб.
+1   
16 mar 17:28:30
ManCity_CITYZEN
Лушан даврида бунёдкор бунёдкор эди
   
16 mar 22:34:22
Bill Junior
Bunyodkorga qaytsa zoʻr boʻlardi .
Yowlarga dux berib uylatardi.
Judayam yosh Shukurov , Shomurodov,Hamdamovlani oʻyini ochilib ketishiga sababchilardan biri deb blaman bu insonni
   
16 mar 16:42:56
Азим Исмаилов
Кеча хам шу интервью чикарилган эдикуу
   
16 mar 16:38:46
Jamshid Abdusamadov
Видеони овози йук
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика