So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Timur Kapadze: "Husanovni ertaga o'ynatishimiz ehtimoli yuqori. Abbosni esa ikkinchi bo'limda maydonga tushirishni o'ylab turibman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Husanovni ertaga o'ynatishimiz ehtimoli yuqori. Abbosni esa ikkinchi bo'limda maydonga tushirishni o'ylab turibman"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Timur Kapadze Vetnamga qarshi uchrashuv oldidan saytimizga intervyu berdi

- Ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlaringiz? Vetnam jamoasini o'rganib chiqish ulgurdingizmi?

- Guruh bosqichidagi so'ngi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqdamiz. Ertaga so'ngi mashg'ulotni o'tkazamiz. Eng asosiysi barcha o'yinchilar sog' salomat va hech qanday jarohatlar yo'q. Reja bo'yicha tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. O'ylaymanki, ertangi uchrashuvga tayyormiz.

- Legionerlarimiz bugun terma jamoa ixtiyoriga etib kelishdi va tarkibimiz to'ldi. Siz istagan barcha futbolchilar jamoaga yordam bera olishadi, endi barchasini siz hoxlagandek bo'ldimi? Abduqodir va Abbosbeklar tarkibimizda bo'lishi siz uchun qanchalik katta ahamiyatga ega edi?

- Abduqodir va Abbosbek nafaqat olimpiya terma jamoasi va men uchun muhim futbolchilar, ular asosiy terma jamoada ham o'z o'rniga ega bo'lib ulgurishdi. Bunday futbolchilarning jamoamizga qo'shilganidan xursandmiz. Umid qilamanki, ikki legionerimiz ham jamoaga katta foyda keltiradi. Eng muhimi, ikki futbolchi sog' salomat holatda safimizga qo'shilishdi. Bugun to'liq tarkibni yig'dik va oldindagi eng asosiy o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Oldimizga qo'ygan maqsadimiz bor va maqsadimizga erishishimiz kerak.

- Husanov va Fayzullaevni ertangi uchrashuvda maydonda ko'rishimiz mumkinmi yoki ularni chorak final bahsida ishtirok etish uchun zaxirada qoldirasizmi?

- Vaziyatga qarab ish tutamiz. Abduqodirni o'ynatsak kerak, sababi u o'z klubining so'ngi uchrashuvida ishtirok etmadi. Husanov o'zini yaxshi his etmoqda va unga imkoniyat berishimiz kera. Bugun mashg'ulotlarda holatini yana bir ko'rib chiqamiz va yakuniy qarorga kelamiz. Fayzullaevga esa ikkinchi bo'limda imkoniyat berishimiz mumkin. Rotaciya qilishda davom etamiz, sababi futbolilar har bir bahs avvalidan jismoniy holati yaxshi bo'lishi kerak.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика