“Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi mehmonlari – Ravshan Komilov va Sardor Mamadaliev
08 apr 2018 15:33
Yangiliklar


“Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi mehmonlari – Ravshan Komilov va Sardor Mamadaliev
Superliga 6-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi oldidan va tanaffus paytida koncert dasturi bo'lib o'tadi.
Unda, o'zbek shou-biznesi estradasi yulduzlari Ravshan Komilov va Sardor Mamadaliev ishtirok etadi.
Koncert dasturi uchrashuv oldidan va tanaffus paytida uyushtiriladi.
“Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuviga tashrif buyuring va musobaqa jadvali peshqadamlari ishtirokidagi shiddatli futbol bilan birgalikda ajoyib koncert dasturidan bahramand bo'ling.
Eslatib o'tamiz, Superliga 6-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi 11 aprel, chorshanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar