So’nggi yangiliklar

02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  2 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  4 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1 21:25Мартинес "Астон Вилла" билан шартнома имзолади  1 21:06БУМ! Роналду YouTube'да канал очди ва рекорд қўйди  3

"Bunyodkor" Germaniyani tabriklaydi Yangiliklar

"Bunyodkor" Germaniyani tabriklaydi

“Bunyodkor” futbol klubi Germaniya terma jamoasi jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lgani munosabati bilan ushbu mamlakatning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Naynxart Xyofer-Vissingga tabriknoma yo'lladi.
Unda jumladan shunday deyilgan:

Hurmatli Elchi janoblari!

O'zbekistonning besh karra chempioni va mamlakat kubogining to'rt bora sohibi Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Sizga o'z ehtiromini bildiradi va mamlakatlarimiz o'rtasida o'zaro manfaatli do'stona aloqalarni rivojlantirishga qo'shayotgan hissangizni qadrlaydi.

Braziliyada yakunlangan futbol bo'yicha Jahon kubogi uchrashuvlarini sayyoramizda milliardlab muxlis qiziqish bilan kuzatdi. Musobaqada bosh sovrinni Germaniya milliy terma jamoasi haqli ravishda qo'lga kiritdi.

Nemis futbolchilari Portugaliya, Braziliya, Argentina kabi futboli rivojlangan mamlakatlar jamoalarini ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratgani tahsinga loyiq.

Miroslav Kloze jahon chempionatlari final bosqichlarida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylangani, Manuel Noyer turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etilgani Germaniya futbolining yutuqlari bejiz emasligini tasdiqlab turibdi.

“Bunyodkor” futbol klubi Sizni va Siz orqali Germaniya xalqini futbol bo'yicha jahon chempioni unvoni to'rtinchi bor qo'lga kiritilgani bilan tabriklab, yangi yorqin muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика