So’nggi yangiliklar

10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  0 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  1 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  1 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  4 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  4 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  11 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  1 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  2 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  7 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  4 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  5 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  1 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  1 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  8

"Bunyodkor" futbolchisi "Navbahor"ga o'tdi Yangiliklar

"Bunyodkor" futbolchisi "Navbahor"ga o'tdi

Kecha "Navbahor" navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.
Kutilganidek tarkibimiz yana bir futbolchiga ko'paydi. "Bunyodkor"dan kelgan himoyachi Bobur Akbarov "lochinlar" safini to'ldirib, bugungi mashg'ulotlarda qatnashishga ham ulgurdi. 25 yoshli o'yinchi Baxtiyor Ashurmatovga o'tgan mavsumda "Guliston"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish. Akbarov ikkinchi davrani "Navbahor"da o'tkazishi deyarli aniq bo'ldi.

SHuningdek Dilshod Jabborov hamda Alisher Samatovlar ham mavsumning qolgan qismini jamoamizda davom ettirishadi. Futbolchilar shartnoma masalalarini xal etishsa bo'lgani. Belaruslik legioner Andrey Lyasyuk taqdiri esa "Mashal" (12 iyul) va "Qizilqum"ga (14 iyul) kechadigan nazorat uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.

Agarda futbolchi murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirsa, u bilan ham bitim tuziladi. So'nggi paytda "Olmaliq"dan SHerzod Hakimov "Navbahor"da faoliyatini davom ettirishi mumkinligi to'g'risidagi mish-mishlar asos topmadi. Hujumchi sobiq jamoasi "Neftchi"da chempionatning ikkinchi qismini davom ettirishi xaqiqatga yaqin. SHuningdek "Bunyodkor" bilan birgalikda Turkiyada yig'in o'tkazayotgan SHukurali Po'latov ham jamoamiz ixtiyoriga qaytib kelishi mumkin. Jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovdan bir nechta savolga javob oldik:

- Akbarov Oliy ligada kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani Sizni xavotirga solmaydimi?
- Yo'q. Uning nimalarga qodirligini yaxshi bilaman. Qolaversa "Bunyodkor" ham o'rtamiyona o'yinchini o'z tarkibiga qo'shib olmaydi. Ishonchim komilki, Boburning "Navbahor"ga xissasi tegadi. Bobur xatto "qaldirg'ochlar" safida Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etgan. Bazi xollarda uning maydonga tushishiga jaroxatlar sabab bo'ldi.

- Timur Yafarov klubni tark etgan. Agarda SHukurali Po'latov "Bunyodkor"da qoladigan bo'lsa, markaziy himoyada Yuriy Rijko va Bobur Akbarovdan boshqa o'yinchi qolmaydi. Himoya chizig'iga yana biror futbolchi jalb etiladimi?
- Yo'q. Agarda zarurat tug'ilsa, Azim Ahmedov ham ushbu poziciyada harakat qilishi mumkin.

- Jahongir Mehmonovni "Navbahor"da ko'rishimiz mumkinmi?
- Mehmonovni "Neftchi" bilan amalda shartnomasi bor. Futbolchi agarda o'zi bunday tashabbus bilan chiqqanida, biz "Neftchi" rahbariyatiga murojaat etgan bo'lardik. Lekin, o'ylashimcha Jahongir mavsumni farg'onaliklar bilan yakunlaydi.

To'liq ismi: Boburjon Akbarov
Ampluasi: Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 14.02.1989
Fuqaroligi: O'zbekiston
Tug'ilgan joyi: Andijon viloyati
Bo'yi: 186 sm
Vazni: 84 kg
Futbolchilik faoliyati:
"Andijon"(Andijon) – 2008-2010
"Nasaf"(Qarshi) – 2011
"Guliston"(Sirdaryo) – 2012-2013
"Bunyodkor"(Toshkent) – 2014 yildan buyon
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика