"Bunyodkor" futbolchilari qanchadan beri maosh olishmayapti?
22 avg 2021 11:11
Yangiliklar
"Bunyodkor" futbolchilari qanchadan beri maosh olishmayapti?
"Qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov shogirdlarining maosh olmasdan o'ynayotganiga bir necha bor to'xtalib o'tgan edi.
"Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev Championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev bilan suhbatda jamoa azolariga 2 oydan beri maosh to'lanmaganini malum qildi. Toshkent klubi vakillari oxirgi bor may oyi uchun oylik ish haqlarini olishgan.
SHuningdek, Mirzaev futbolchilar va xodimlarni xavotir olmaslikka chaqirdi:
"Xavotir olishga o'rin yo'q. Iqtisodiy muammolar barcha davrlarda bo'lgan esa-da, hali hech kim xarajatlar smetasini yopmay qo'ymagan. Uzilishlar, kechikishlar bo'lsa ham, futbolchi va xodimlarimiz oldidagi qarzdorliklar baribir to'lanadi".
To'liq suhbatni o'qing↓↓↓
"Navbahor" rahbariyati jentlmenlik qilmadi" — Ulug'bek Mirzaev
Fikrlar