“Bunyodkor” Ar-Riyoddagi birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. VIDEO
22 fev 2016 11:30
Yangiliklar


“Bunyodkor” Ar-Riyoddagi birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. VIDEO
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Al-Nasr” bilan bo'ladigan bahs oldidan o'zining Ar-Riyoddagi ilk mashg'ulotini “SHahzoda Faysal bin Fahd” stadionida olib bordi.
“Qaldirg'ochlar”ning o'yinoldi tayyorgarligi roppa-rosa bir soat davom etdi. Unda jamoamiz bilan Ar-Riyodga olib kelingan barcha 19 nafar futbolchi ishtirok etdi. Hamma futbolchilar soppa-sog' va mashg'ulot davomida to'liq kuch bilan ishtirok etishdi. Tayyorgarlik paytida ob-havo harorati tahminan 16-18 daraja iliq bo'ldi. Biroz shamol esib turdi.
Quyidagi havola orqali “Bunyodkor”ning 21 fevral kungi mashg'uloti videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar