So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

"Bunyodkor" - AGMK uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

"Bunyodkor" - AGMK uchrashuvi prevyusi

Teglar :  "Bunyodkor"AGMK
AGMK matbuot xizmati Superliganing 22-turi doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK uchrashuviga bag'ishlangan prevyuni taqdim etdi.

O'zbekiston Kubogi yarim finalida ketma-ket yil mag'lub etilgan "Bunyodkor" Superliganing navbatdagi turida yana jamoamizga raqiblik qiladi. 

Bo'lajak o'yin ushbu jamoalarning o'zaro umumiy hisobdagi 31-uchrashuviga aylanadi. AGMK va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo'lsak, o'tkazilgan o'yinlarda 5 marotaba jamoamiz g'alabani tantana qilgan, 6 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g'alaba qozongan. To'plar nisbati ham "qaldirg'ochlar" foydasida: 61-31.

Joriy mavsum hisobidan mazkur o'yin ushbu jamoalarning to'rtinchi bellashuviga aylanadi. Qizig'i, "Bunyodkor" va AGMK joriy mavsumda uchta frontda ham o'zaro to'qnash keldi. Dastlab chempionat doirasida o'tgan Olmaliqdagi bahsda sobiq futbolchimiz Lutfullo To'raevning goli "Bunyodkor"ga g'alaba keltirgan bo'lsa, Liga kubogi va O'zbekiston kubogida AGMK "qaldirg'ochlar"ni dog'da qoldirishni uddaladi. 

Ayni paytda Superliga turnir jadvalida "Bunyodkor" 35 ochko to'plagan holda 3-o'rinni egallab turibdi. AGMK hisobida esa 22 ochko mavjud va jamoamiz 10-pog'onada.

Mazkur o'yinni boshqarib borish masuliyati yosh hakam Akobir SHukurullaev zimmasiga yuklandi. Etiborlisi, Akobir SHukurullaev joriy mavsum hisobidan ikkinchi bor aynan mazkur jamoalar ishtirokidagi o'yinda ishlaydi. Bunga qadar Liga Kubogi doirasidagi AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvini ham boshqargandi.

Umumiy hisobda esa Akobir SHukurullaev jamoamizning 5-uchrashuvida hakamlik qiladi. O'tgan yili "Lokomotiv" hamda "Qizilqum"ga qarshi o'yinlarda ishlagan SHukurullaev, joriy mavsum "Bunyodkor" hamda "Oq-tepa" bilan bo'lgan bahslarni boshqardi. AGMK Akobir SHukurullaev boshqargan uchrashuvlarda quyidagi natijalarni qayd etgan: 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat.

Superliganing 22-turi doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK o'rtasidagi o'yin Toshkentdagi "Bunyodkor" o'yingohida 18 oktyabr kuni soat 17:30da boshlanadi. Bir kun avval, yani 17 oktyabr kuni  soat 17:00da "Bunyodkor" akademiyasi maydonida esa Yoshlar birinchiligi doirasida "Bunyodkor" va AGMK yoshlari (U21)  o'zaro bahs olib borishadi.

Coca Cola Superliga, 22-tur

18 oktyabr

“Bunyodkor” – AGMK

Hakamlar: Akobir SHukurullaev, Ruslan Serazetdinov, Andrey Capenko, Rahimbek Karimov

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov

Komissar: Diyor Imomxo'jaev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика