Bundesliga klublarida 10dan oshiq futbolchilar koronavirusga chalindi
04 may 2020 20:34
Yangiliklar


Bundesliga klublarida 10dan oshiq futbolchilar koronavirusga chalindi
Germaniya futbol ligasi matbuot xizmati birinchi va ikkinchi Bundesliga klublari futbolchilari tekshiruvi natijalarini malum qildi.
36 klubning 1724 nafar futbolchisi COVID-19 testlaridan o'tdi. SHularning 10 nafarida virus aniqlandi.
Qayd etilishicha, sog'liqni saqlash organlari tomonidan ular karantinga olindi va barcha choralar ko'rildi.
Yaqin vaqtlarda koronavirus testi ikkinchi to'lqini boshlanishi kutilmoqda. Yaqin kunlar ichida GFL bu borada rasmiy bayonot bilan chiqadi.
Oldinroq malum qilinganidek, Bundesliga 15 may kunida start olishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar