So’nggi yangiliklar

02:30Европа лигаси. "Рома" дуранг ўйнади, "Аякс"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  5 02:07Расман: Машарипов клуби бош мураббийсиз қол(а)ди  0 01:18Рой Кин: "Арсенал" кичик жамоа каби ўйнади"  1 00:43Эрик тен Хаг муаммо нимадалигини айтди  5 00:26Европа лигаси. "Тоттенхэм" - "Қорабоғ" баҳси кеч бошланиши сабаби маълум бўлди  0 00:05Европа лигаси. Моуринью жамоаси ғалаба билан бошлади  0 23:50Марокаш терма жамоаси дарвозабони: "Бразилияни мағлуб этиш учун боримизни берамиз"   0 23:38Иван Бошкович: “Сафарда кучли рақибни мағлуб этиш ёқимли, лекин майдон ҳолати ўйин сифатига таъсир кўрсатди”  3 23:20Сергей Лушчан: “Мухлислардан узр сўрайман. Финал олдидан бугун антифутбол ўйнадик”  6 23:11Амалдаги жаҳон чемпионлари Андижондан уйига равона қилинган учрашувнинг энг ҳиссиётли ГАЛЕРЕЯСИ  0 23:02Қозоғистон футзал термаси устози: "Португалия жарима майдончамиз томонда кўплаб ҳужумлар уюштиришини ва бунга сабр қилишимиз кераклигини билардик"  0 22:45АПЛ ярим автоматик оффсайд аниқлаш тизими борасида бир қарорга кела олмаяпти  0 22:13"Милан" ва Тео келиша олмаяпти  1 21:50Футзал бўйича ЖЧ. Қозоғистонликлар келди! Игита етакчилигидаги терма жамоа амалдаги ЖЧ ғолибининг кунини кўрсатди!  15 21:44Февзи Давлетов: “Қизил карточка ўйиннинг боришига таъсир кўрсатди”  4

Dramatik tarzda o'tgan "Der-Klasiker"da "Bavariya" "Borussiya"ni irodali tarzda mag'lub etdi Yangiliklar

Dramatik tarzda o'tgan "Der-Klasiker"da "Bavariya" "Borussiya"ni irodali tarzda mag'lub etdi

Germaniya Bundesligasi 7-tur doirasida Dortmundning "Borussiya" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

"Borussiya" (Dortmund) - "Bavariya" 2:3

Gollar: Marko Roys (45), Erling Xoland (83) - David Alaba (45+4), Robert Levandovski (48), Leroy Sane (80)

"Borussiya" (Dortmund): Byurki, Xummels, Akanji, Myone, Gerreyru, Dileyni, Vitcel, Reyna, Roys, Sancho, Xoland.

Zaxira: Xitc, Azar, Bellingxem, Brandt, Daxud, Jan, Morey, Passlak, Pishek.

"Bavariya": Noyer, Ernandes, Alaba, Boateng, Sarr, Goretcka, Kimmix, Koman, Gnabri, Myuller, Levandovski.

Zaxira: Nyubel, Kosta, Martines, Musiala, Richards, Roka, Sane, Tolisso, SHupo-Moting.


GERMANIYA BUNDESLIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Borussia Dortmund

Marco Reus - 45', Erling Haaland - 83'

1. Bundesliga . 7-tur

07/11/2020, 21:30

3
:
2
Tugadi

Bayern Munich

David Alaba - 45', Robert Lewandowski - 48', Leroy Sane - 80'

Stadion: 0 tomoshabin

Bosh hakam: Manuel Graefe

45'
90'
45'  Marco Reus
45'  Raphael Guerreiro
45'  Thomas Delaney
60'  Thomas Delaney (Jude Bellingham)
69'  Giovanni Reyna (Julian Brandt)
69'  Jadon Sancho (Thorgan Hazard)
83'  Erling Haaland
83'  Raphael Guerreiro
90'  Axel Witsel
24'  Robert Lewandowski
36'  Joshua Kimmich
36'  Joshua Kimmich (Corentin Tolisso)
45'  David Alaba
45'  Thomas Mueller
48'  Robert Lewandowski
48'  Lucas Hernandez
69'  Kingsley Coman (Leroy Sane)
69'  Jerome Boateng (Javier Martinez)
80'  Leroy Sane
80'  Robert Lewandowski
82'  Robert Lewandowski
90'  Robert Lewandowski


O'YIN YAKUNLANDI

90+4. Yo'q, gol hisobga olinmadi.

90+3. Levaaaaaaa! Polshalik futbolchi o'yinga katta "nuqta" qo'ydi

90+1. Vitsel Martinesga nisbatan juda qo'pol harakat qildi. Sariq kartochka!

90. Hakam ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi.

87. Roys! "Arilar" sardori juda ham qulay vaziyatdan gol ura olmadi!

83. Erling Xoland hisobni qisqartirdi, norvegiyalik hujumchi birga-bir vaziyatda Noyerni aldab gol urmoqda.

80. Sane! O'yinga nuqta qo'ymoqda. "Borussiya" qarshi hujumda "Bavariya"ni tomonidan jazolandi.

78. O'yin davom etmoqda, "Borussiya" hisobni tenglashtirish uchun oldinga o'tmoqda, ammo "Bavariya" hozircha ishonchli o'ynamoqda.

74. Gnabri! Germaniyalik futbolchining jarima maydonchasi ichida bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

69. "Bavariya"da o'zgarishlar: Martines - Boateng, Sane - Koman

69. "Borussiya"da o'zgarishlar: Azar - Reyna, Brandt - Sancho

68. Roys! "Borussiya" sardori qulay vaziyatdan foydala olmadi, uning bergan zarbasi to'g'ri Noyerning qo'liga kelib tushdi.

63. Reyna! "Borussiya"ning yosh o'yinchisi Sarrning qo'pol xatosidan so'ng qulay vaziyatga chiqib ketdi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi.

60. "Arilar"da o'zgarish: Bellingem Dileynini almashtirdi.

57. Ha, "Bavariya" hisobni ishonchli ko'rinishga olib kelish harakatida, "Borussiya" esa qarshi hujum orqali hisobni tenglashtirmoqchi.

53. Yana "Bavariya" ijrosida xavfli vaziyat! Bu safar Komanning pasi zarbaga aylanib, xavfli ko'rinish hosil qildi va Byurki qiyinchilik bilan zarbani bartaraf etdi.

51. Koman! Franciyalik futbolchining jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

48. GOOOOOL! Levandovski biroz oldingi vaziyat uchun dortmundliklarni jazoladi. Polshalik hujumchi bosh bilan raqib darvozasiga to'pni joylab qo'ydi.

47. Xavfli vaziyat!!! Erling Xoland ko'plab sheriklari ochilayotganini ko'rib jarima maydonchasi ichida to'pni ularga oshirdi, ammo sheriklari uning pasiga ulgurishmadi. Dortmundliklar hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+4. GOOOOOOOL! Super! "Bavariya" jarima to'pini ajoyib tarzda amalga oshirdi. Gol muallifi - Alaba!

45+2. Xummels Gnabriga ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka oldi.

45. Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.

45. GOOOOOOL! Marko Roys qanotdan uzatilgan to'pni Noyer darvozasiga aniq yo'lladi va hisobni ochdi.

41. Vitsel! Qanotdan uzatilgan to'pga Ernandes boshi bilan zarba bera olmadi va to'p Akselga kelib tushgandi, ammo uning zarbasi noaniq chiqdi.

40. O'yin sal sekinlashgandek, ammo ustunlik to'liq bir jamoaning qo'lida deb ayta olmaymiz.

36. Majburiy o'zgarish: Tolisso jarohat olgan Kimmixni almashtirdi.

36. Joshua Kimmix Erling Xoland qarshi hujumga qochayotganda qo'pollik bilan to'xtatib qolishga uringandi. Hakam esa kech bo'lsa ham Kimmixga sariq kartochka ko'rsatdi. Ammo, u jiddiy jarohat olganga o'xshamoqda va katta ehtimol bilan o'yinni davom ettira olmaydi.

32. "Borussiya" ham hujumlar uyushtirishga urinmoqda va "sariq-qoralar"ning ham harakatlari yomon emas.

29. Ha, "Bavariya" endi dortmundliklarni o'z jarima maydonchasiga "qamab qo'yib" "hujumlar yomg'iri"ni yog'dirmoqda.

26. Yo'q, VAR offsayd borligini qayd etdi va golni bekor qildi.

24. GOOOOOLL!! Gnabrining ajoyib pasidan so'ng Levandovski raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda. Super hujum

21. Xoland! Norvegiyalik to'purar Noyer bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

18. "Bavariya" hozircha to'pga egalik qilish bo'yicha ham, zarbalar bo'yicha ham kichik ustunlikka ega.

14. Xavfli vaziyat! Goreckaning bosh bilan bergan zarbasini Byurki bartaraf etdi.

11. O'yin biroz sokinlashgandek bo'lmoqda. Ammo, o'yinda "Bavariya" birinchi raqam bo'lib o'ynashgan harakat qilayotgani sezilmoqda.

7. Hozircha ochiq o'yin guvohiga aylanyapmiz. Jamoalar navbati bilan xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishmoqda.

3. "Borussiya" ham qulay vaziyatga ega bo'lgandi. Erling Xoland jarima maydonchasiga kirgan holda sherigiga to'pni uzatishga harakat qildi, ammo to'pni oxir-oqibat Noyer egallaboldi.

1. Levandovskiii!! Polshalik hujumchi jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatga ega bo'lgandi, ammo zarba noaniq ketdi.

1. O'yin boshlandi.

- Hayrli kech! Barchangizni tez orada boshlanadigan "Der-Klasiker"ga taklif qilamiz va bu o'yinni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика