Bundesliga. "Borussiya D" chempionlik sari yana bir qadam tashladi
20 jan 2019 04:17
Yangiliklar
Bundesliga. "Borussiya D" chempionlik sari yana bir qadam tashladi
"Red Bull-Arena"da bo'lib o'tgan uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinning 19-daqiqasi o'tib borayotgan pallada Lukas Pishekning uzatmasini bir paytlar "Zenit"da faoliyat olib borgan Aksel Vitsel golga aylantirdi. Bahsni Deniz Aytekin boshqarib bordi.
G'alabadan so'ng "Borussiya D" 45 ochko to'plagan holda Bundesliga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Leypcig" (31 ochko) to'rtinchi pog'onani band etgan.
Keyingi turda dortmundliklar "Gannover-96" jamoasini qabul qilishadi. Uchrashuv 26 yanvar kuni bo'lib o'tadi. "Leypcig" esa 27 yanvarda "Fortuna"ga qarshi mehmonda o'ynaydi.
RB Leypcig – Borussiya D 0:1
"Red Bull Arena Leypcig"
Gol: 0:1 – 19 Vitsel.
RB Leypcig – Gulachi, Klostermann, Konate, Upamekano, Xalstenberg, Demme (Mateus Kunya, 81), Zabitcer, Laymer (Ogyusten, 88), Kampl, Verner, Poulsen.
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Vaygl, Diallo, Xakimi, Sancho (Volf, 88), Vitcel, Dileyni, Gerreyru (Pulishich, 76), Filipp (Pako Alkaser, 79), Getce.
Ogohlantirishlar: Konate (40), Upamekano (67), Sancho (84), Kampl (90), Byurki (90).

|
RB Leipzig |
1. Bundesliga . 18-tur 19/01/2019, 22:30 1
:
0
Tugadi
|
Borussia Dortmund Axel Witsel - 19' |
Stadion: Red Bull Arena Leipzig, 41939 tomoshabin
Bosh hakam: Deniz Aytekin
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar