

"Red Bull-Arena"da bo'lib o'tgan uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinning 19-daqiqasi o'tib borayotgan pallada Lukas Pishekning uzatmasini bir paytlar "Zenit"da faoliyat olib borgan Aksel Vitsel golga aylantirdi. Bahsni Deniz Aytekin boshqarib bordi.
G'alabadan so'ng "Borussiya D" 45 ochko to'plagan holda Bundesliga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Leyptsig" (31 ochko) to'rtinchi pog'onani band etgan.
Keyingi turda dortmundliklar "Gannover-96" jamoasini qabul qilishadi. Uchrashuv 26 yanvar kuni bo'lib o'tadi. "Leyptsig" esa 27 yanvarda "Fortuna"ga qarshi mehmonda o'ynaydi.
RB Leyptsig – Borussiya D 0:1
"Red Bull Arena Leyptsig"
Gol: 0:1 – 19 Vitsel.
RB Leyptsig – Gulachi, Klostermann, Konate, Upamekano, Xalstenberg, Demme (Mateus Kunya, 81), Zabitcer, Laymer (Ogyusten, 88), Kampl, Verner, Poulsen.
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Vaygl, Diallo, Xakimi, Sancho (Volf, 88), Vitcel, Dileyni, Gerreyru (Pulishich, 76), Filipp (Pako Alkaser, 79), Getce.
Ogohlantirishlar: Konate (40), Upamekano (67), Sancho (84), Kampl (90), Byurki (90).




