So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bundesliga, 6-tur. "Volfsburg" 16 yillik noxush ananaga chek qo'ydi yoxud tur sensaciya bilan boshlandi Yangiliklar

Bundesliga, 6-tur. "Volfsburg" 16 yillik noxush ananaga chek qo'ydi yoxud tur sensaciya bilan boshlandi

Germaniya chempionatining 6-turining ilk uchrashuvi kutilmagan natijani taqdim etdi.


Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Bavariya" o'z uyida "Volfsburg"ni qabul qildi.
Birinchi bo'limda Robert Levandovski va Aren Robbenning kiritgan gollari evaziga hisobda oldinda borgan myunxenliklar, ikkinchi taymda o'z darvozalaridan ikkita gol o'tkazib yuborishdi.

Dastlab Arnoldning jarima zarbasidan kiritgan goli hisobni qisqartirgan bo'lsa, o'yin tugashiga oz vaqt qolganda Didavi boshi bilan Ulrayx qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi.

SHu tariqa yangi murabbiy Martin SHmidt bilan "Volfsburg" Myunxendan bir ochko bilan qaytadigan bo'ldi.
Bunga qadar jamoa 2001 yildan buyon "Bavariya" maydonini faqat mag'lubiyat bilan tark etayotgandi.
16 yillik noxush ananaga chek qo'ygan "bo'rilar" turning sensacion natijasini qayd etishdi.

"Bavariya" uchun bu joriy mavsumdagi ikkinchi yo'qotish bo'ldi.
Bunga qadar jamoa 3-turda "Xoffenxaym"ga imkoniyatni boy bergandi.

Martin SHmidt o'tgan yili "Maync" bilan ham Myunxenda "Bavariya"ni ranjitib qaytishga erishgandi.

- Tur prevyusi: Bundesliga: "Bavariya" ko'zi qonga to'lgan "bo'rilar"ning "o'ljasi"ga aylanadimi?


Bundesliga, 6-tur. Turnir jadvali

Bavariya – Volfsburg 2:2 (2:0, 0:2)

Alyanc-Arena

Gollar
: 1:0 – 33, penalti Levandovski, 2:0 – 42 Robben, 2:1 – 56 Arnold, 2:2 – 83 Didavi.

Bavariya
– Ulrayx, Xummels, Boateng, Rafinya, Robben (Xames, 85), Kimmix, Rudi, Vidal (Tolisso, 63), Riberi (Koman, 85), Myuller, Levandovski.

Volfsburg
– Kastels, Uduoxay, Tisseran, Itter, Villiam (Blashchikovski, 46), Arnold, Kamacho (Didavi, 73), Malli, Gilavogi, Verxag, Origi (Bazur, 85).

Ogohlantirishlar
: Vidal (13), Tisseran (18), Villiam (25).


Turning qolgan uchrashuvlari bugun va ertaga davom ettiriladi.

23 sentyabr, shanba
"Leypcig" - "Ayntraxt" (18:30)
"Xoffenxaym" - "SHalke" (18:30)
"Verder" - "Frayburg" (18:30)
"Maync" - "Gerta" (18:30)
"SHtutgart" - "Augsburg" (18:30)
"Borussiya" D - "Borussiya" M (21:30)

24 sentyabr, yakshanba

"Gannover" - "Kyoln" (18:30)
"Bayer" - "Gamburg" (21:00)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика