Bundesliga, 27-tur. "Bavariya" bugun chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin
25 mar 2014 16:17
Yangiliklar


Bundesliga, 27-tur. "Bavariya" bugun chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin
Ushbu turda Bundesliga g'olibligini "Bavariya" jamoasi muddatidan oldin rasmiylashtirishi mumkin. Xosep Gvardiola shogirdlari ushbu turda "Gerta" mehmoni bo'lishadi. "Gollivud" nomi bilan atalib kelinadigan "Bavariya" mart oyidayoq o'zining 24 chempionligini rasmiylashtirishga juda yaqin turibdi. Buning uchun ular Berlinda "Gerta"dan ochko olishlari kifoya qiladi. Bundan to'rt yil avval ham "Bavariya" jamoasi aynan Berlinda "Gerta" bilan bo'lgan o'yinda chempionlikni rasmiylashtirishgan edi. Bu safar yana ushbu narsani takroran amalga oshirishlari mumkin.
"Bavariya"ning barcha chempionlik rasmlari bilan qo'yida tanishishingiz mumkin.
SHuningdek, bugun yana turning markaziy o'yini "Borussiya D" - "SHalke" bahsi bo'lib o'tadi. Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv haqiqiy futbol-shousini taqdim etib berishi aniq. Bu ikki klub hozirda turnir jadvalida yonma-yon ketmoqda. Aynan shu ikki klub chempionatdagi kumush medallari uchun kurashishmoqda. Yurgen Klopp jamoasi mavsumni ikkinchi bo'lib tugatishni istasa, bugun "SHalke" qarshiligini engishlari shart.
Keller boshqaruvidagi "SHalke" klubi esa ushbu mavsumda bundesliga o'yinlarida barqaror o'yin ko'rsatishmoqda. Bu jamoa ayniqsa ikkinchi davrani judayam qo'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Uchrashuv qiziqarli o'tishiga yana bir sabab bu jamoalar qarama-qarshiligi "derbi" maqomiga ham ega. Principial o'yin hisoblanadi. Bir so'z bilan aytganda, azaliy raqiblar to'qnashuvi. Bu bahsda hech bir jamoani favorit yoki autsayder deb bo'lmaydi. Hammasi maydonda hal bo'ladi. Dortmundagi o'yin hech bir futbol ishqibozlarini zeriktirib qo'ymaydi deb bemalol aytsa bo'ladi.
Bundesligada garchi chempion nomi aniq bo'lsada, lekin o'yinlar sifati va shiddati bo'yicha hozirda har qanday chempionatdan kuchliroq va tomoshabop hisoblanadi.
Ikkinchi o'rin uchun asosan "SHalke" va "Borussiya D" jamoalari kurash olib borishmoqda. ECHLga yo'llanma beradigan o'rinlar uchun kurash juda qizg'in tarzda kechmoqda. "Maync", "Borussiya M", "Volfsburg", "Augsburg" va "Bayer" jamoalari kelasi mavsumda ECHL yo'llanma beridigan o'rinlar uchun chempionat yakuniga qadar bellashuv olib borishadi. Bundesligani kuzatib boring, aslo zerikib qolmaysiz!
Bundesliga, 27-tur o'yinlari:
Bugun
"Ayntraxt B" - "Maync" (00:00)
"Borussiya D" - "SHalke" (00:00)
"Gerta" - "Bavariya" (00:00)
"Verder" - "Volfsburg" (00:00)
26.03.2014.
"Augsburg" - "Bayer" (00:00)
"Ayntraxt F" - "Borussiya M" (00:00)
"Gamburg" - "Frayburg" (00:00)
"Xoffenxaym" - "Gannover" (00:00)
"Nyurnberg" - "SHtutgart" (00:00)
SHahboz Beg'amov

Fikrlar