So’nggi yangiliklar

10:13"Манчестер Юнайтед" мавсумни катта зарар билан якунлаган. Жамоанинг қарзи ярим миллардга етиб қолди  0 09:35Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод маълум  2 09:01"Goal" ЖЧ-2026нинг топ-16 фаворитлари рейтингини тузди  10 08:32Маурисио Почеттинонинг АҚШ термасидаги маоши маълум қилинди  0 07:57ЦСКАнинг етакчиларидан бири жамоани тарк этишга яқин  0 07:30Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 00:55Энцо Фернандес иккита қоидабузарлик сабаб автомобил бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинди  5 00:46“Ал Файҳа” расман Отабек Шукуровни таништирди  7 00:24"Реал" ўз дарвозабони билан шартномани узайтиради  0 23:55Ўзбекистон U-15 терма жамоаси янги бош мураббий қўл остида йиғинга киришди  0 23:29Роналду: "МЮ Лига кубогини ютиши мумкин, аммо ЕЧЛ, Европа Лигаси ёки АПЛ – қийин масала"  18 23:03Илҳом Ҳамроев: "Нидерландия жамоасини ўрганиб чиқдик. Мақсадимиз энг яхши натижамизни такрорлаш ва имкон қадар ўша натижани яхшилаш"  0 22:40“Хоразм” мураббийи Александр Ежов: “Таркибдаги йўқотишлар ва ишонч етишмаётгани мағлубиятга сабаб бўлди”  0 22:30Алексей Естафеев: “Қийин ғалабага эришдик”  0 22:05Неъматилло Қуттибоев: “Четлатиш ўйин натижасига таъсир кўрсатди”  2

Bundesliga, 12-tur. Prevyu Yangiliklar

Bundesliga, 12-tur. Prevyu

Teglar :  Bundesliga12-tur
Bugun Germaniya chempionatining 12-tur o'yinlariga start beriladi.


Turning ilk o'yinida "Frayburg" o'z maydonida chempionat debyutanti va peshqadami "Leypcig" jamoasini qabul qiladi. Kristian SHtrayx boshchiligidagi "Frayburg" jamoasi turnir jadvalida 10-pog'onada bormoqda. "Frayburg" o'z uyida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan jamoalar sirasiga kiradi. Hozirga qadar ushbu jamoa hali biror marta ham durang o'ynagani yo'q. SHtrayx jamoasini ushbu to'qnashuvda yaxshigina sinov kutib turibdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi, "RB Leypcig" bundesligadagi o'zining ilk mavsumida nimalar qilayotganini barcha ko'rib turibdi. Ralf Xazenxyuttl boshqaruvidagi "Leypcig" mag'lubiyat nimalagini bilmay kelmoqda.
SHu boisdan ushbu to'qnashuv ko'pchilikning diqqat markazida bo'lishi tabiiy. "Leypcig" yakka peshqadam sifatida ilk o'yinini o'tkazadi.

O'tgan turda "Bavariya"ni mag'lub etib myunxenliklarni turnir jadvalining cho'qqisidan tushib yuborgan "Borussiya D" bu gal "Ayntraxt" mehmoni bo'ladi. Tomas Tuxel shogirdlarining kayfiyatlari ancha chog'. Sababi, ular oktyabr oyidagi kichik muvaffaqiyatsizlikdan chiqib ketishdi va "Bavariya"ga qarshi o'yinda muhim g'alabaga erishishdi. SHuningdek, hafta o'rtasida ECHL doirasidagi "Legiya" bilan bo'lgan bahsda rekord o'rnatgan uchrashuvni o'tkazishdi va yirik g'alabani tantana qilishdi. Yana bir quvonarli tarafi shundaki, jamoaga nafaqat g'alaba kayfiyati, balki etakchi futbolchi hisoblangan Marko Roys ham qaytdi. Marko Roys uzoq muddatli jarohatidan forig' bo'ldi va "Legiya"ga qarshi kechgan o'yinda ishtirok etdi. Roys qaytishini esa gol bilan nishonladi. "Borussiya"ning raqibi "Ayntraxt" garchi 7-o'rinda ketayotgan bo'lsada, ularda dortmundliklar singari aktivlarida 21 ochko mavjud. Faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra "Borussiya" 3-pog'onada, "Ayntraxt" 7-o'rinda bormoqda. Bu bahs ham turning eng etiborga molik o'yinlaridan biri bo'lishi shabhasiz.

Turnir jadvalida kutilmaganda quyi pog'onalarda uralashib yurgan "Volfsburg" hali ham o'ziga kelib ulgurgani yo'q. "Bo'rilar" bu safar yana bir autsayder hisoblangan "Ingolshtadt" mehmoniga aylanishadi.

Yana bir autsayder bahsi Gamburgda bo'ladi. Unda "Gamburg" klubi Bremenning "Verder" jamoasini o'z maydonida kutib oladi. Joriy mavsumda hali g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan "Gamburg" uchun bu bahs ikki hissa yuqori qiymatga ega. Markus Gisdol shogirdlari o'tgan turda hali mag'lubiyatga uchramagan "Xoffenxaym"dan safarda ochko olishni uddalashgandi. Bu safar esa muxlislar mavsumdagi dastlabki g'alabani kutishayotgani aniq.

Turnir jadvalining yuqori qismida yaxshilab o'rnashib olgan "Kyoln" sovrinli o'rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. Dortmunning "Borussiya" klubi bilan bir xil ochko jamg'arib 4-o'rinda borayotgan "Kyoln" peshqadam "Leypcig"dan 6 ochkoga, "Bavariya"dan esa 3 ochkoga ortda qolmoqda.
"Kyoln" o'z rishini muvaffaqiyatli davom ettirmoqchi bo'lsa, unda ular "Augsburg" to'sig'ini engishlari talab etiladi. "Kyoln" odatda o'z maydonida bo'ladigan bellashuvlarda raqiblarining nozik taraflariga kerakli "qulf"ni topa oladi. SHuningdek, "Augsburg" ham safarda nisbatan yomonroq natija qayd etadi. SHu jihatlarni etiborga oladigan bo'lsak, unda bu to'qnashuvda ustunlik albatta "Kyoln" tomonida.

Bundesligada beshta uchrashuvdan buyon g'alaba qozona olmayotgan Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan "Xoffenxaym" bilan o'zaro kuch sinashishadi. "Xoffenxaym" "Leypcig" bilan bir qatorda hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. "Borussiya M" beshta bahsdan buyon qilolmayotgan ishini aynan "Xoffenxaym"ga qarshi uchrashuvda amalga oshira oladimi-yo'qmi? Bu savolga ushbu bellashuvdan so'ng javob olamiz.

Karlo Anchelottining "Bavariya" inqiroz ko'chasidami? Bu savol hozirda barchani birdek qiynab kelmoqda. Kimdir "Bavariya"ni allaqachon inqiroz ko'chasiga kirib qolganini takidlayotgan bo'lsa, boshqa birovlar xulosa qilishga shoshilayotishgani yo'q. Dortmunddan uchralgan mag'lubiyat, ECHLdagi muvaffaqiyatsiz o'yinlar, peshqadamlikni debyutant jamoaga topishirilgani "Bavariya" manziliga tanqid yomg'irlarini yog'dirmoqda. Nihoyat "Bavariya" ham ichki chempionatda bosimni his qilishni boshlamoqda. Bu esa ularga yaxshi taraflama tasir qiladimi yoki aksinchami?
Ketma-ket muvaffaqiyatsiz o'yinlarni o'tkazgan "Bavariya" o'z uyida "Bayer"ni qabul qiladi. Rojer SHmidt shogirdlari uchun mavsum ko'ngildagidek boshlanmagan edi. Asta-sekin SHmidt jamoadagi muammolarni bartaraf etdi va natijalar o'zgara boshladi. Jamoa 11-turdan so'ng 9-o'ringa ko'tarilib oldi. "Aspirinliklar" kuni kecha ECHL guruh bosqichidan chiqish vazifasini uddalashdi. Tabiiyki jamoaning kayfiyati ancha yaxshi. "Bavariya"da esa aksincha. Aynan shu jihat "Bayer"ga ushbu o'yin oldidan qandaydir ustunlik taqdim etishi mumkin. Qolgan barcha jabhada "Bavariya" raqibidan ustun va kuchliroq. Lekin SHmidt Tuxel yoki Qurbon Berdiev (Kirichenko) qilgan ishni bexato uddalay olsa, unda "Bayer" Myunxendan ochko olib qaytishi mumkin.


Bundesligani eng yomon boshlagan klub bu "SHalke". Lekin jamoa oxirgi turlarga kelib nihoyat o'z qaddini ko'tarib oldi. Gelzerkirxenliklar quyi pog'onadan 11-o'ringa qadar ko'tarilib olishdi. Bu turda "SHalke" o'z maydonida "Darmshtadt"ni mehmon qiladi.
Turning so'nggi bahsi esa "Gerta" hamda "Maync" jamoalari o'rtasida kechadi.
"Gerta" ham o'z hisobida 21 ochkoga ega va poytaxtliklar sovrinli o'rinlar uchun kurashishmoqda.


Germaniya bundesligasi turdan-turga qizg'in tus olmoqda. Debyutant "Leypcig"ning shovqin ko'tarayotgani, "Bavariya"ning kichik inqirozi, "Xoffenxaym" 29 yoshli murabbiy bilan mag'lubiyatsiz ishtirokni davom ettirayotgani, "Gerta" ham yuqori o'rinlar uchun kurashayotgani, "Borussiya Dortmund"ning yangi raqobatchilar bilan o'zaro kurashi...

Bundesligani kuzatishda davom eting!

Bundesliga, 12-tur. Turnir jadvali

26 noyabr.

"Frayburg" - "RB Leypcig" (00:30)
"Ayntraxt" - "Borussiya Dortmund" (19:30)
"Ingolshtadt" - "Volfsburg" (19:30)
"Gamburg" - "Verder" (19:30)
"Kyoln" - "Augsburg" (19:30)
"Borussiya Myonxengladbax" - "Xoffenxaym" (19:30)
"Bavariya" - "Bayer" (22:30)

27 noyabr.

"SHalke" - "Darmshtadt" (19:30)
"Gerta" - "Maync" (21:30)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика