"Bunday qarorlarni ko'rgani ko'zim yo'q". Erik Kantona - "Manchester Yunayted"ning yangi stadion qurishi haqida
11 apr 2025 15:46
Yangiliklar
"Bunday qarorlarni ko'rgani ko'zim yo'q". Erik Kantona - "Manchester Yunayted"ning yangi stadion qurishi haqida
"Manchester Yunayted" afsonasi Erik Kantona o'zining sobiq klubi rahbariyatini jamoani yo'q qilganlikda aybladi va "Yunayted"ning "Old Trafford"dan ko'chib ketishiga qarshi chiqdi.
Mart oyida klub xo'jayini Jim Retkliff "Old Trafford" o'rniga 2 milliard funt sterlinglik stadion qurish rejasini elon qildi. "Qizil iblislar"ning yangi stadioni 100 000 dan ortiq tomoshabinga mo'ljallangan.
"Men uchun "Arsenal" "Xayberi"ni tark etganidan keyin o'z ruhini yo'qotdi va ishonchim komilki, ko'plab muxlislar eski arenani sog'inmoqda. "Liverpul"ning "Enfild"dan boshqa stadionda o'ynashini tasavvur qila olasizmi? Bunday bo'lishi mumkin emas. "Yunayted" "Old Trafford"dan boshqa stadionda o'ynay olmadi deb o'ylamayman. Bunday qarorlarni ko'rgani ko'zim yo'q", – dedi Kantona.
Mankunianliklarning bo'lajak stadionini memor Norman Foster loyihalashtiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar