Kantona Yamalga tan berdi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2024, 17:23
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Erik Kantona Ispaniya terma jamoasining Evro-2024dagi o'yini va jamoa a'zosi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.


"Menga jamoaning o'yini yoqdi. Jamoada Yamaldek futbolchining bo'lishi yaxshi. U qoyil qoldirdi, undan nima kutishni oldindan bilib bo'lmas ekan. U maydonni yaxshi ko'radi, ajoyib texnikaga ega va to'g'ri qarorlarni qabul qiladi. Bazida o'yinni faqat birgina futbolchi (Lamin Yamal – tahr.) uchun tomosha qilaman", – dedi Kantona.

Yamal Evro-2024 musobaqasida 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 4 ta golli pasga mualliflik qildi. Shuningdek, u Yevropa va Jahon chempionatlari tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic