Fernandesh: “Kantona darajasigacha yetishimga hali ancha bor”

Eldor Akmurzayev
16 avg 2020, 21:25
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh uni jamoa afsonasi Erik Kantona bilan taqqoslashlariga loyiq emasligini aytdi.

Portugaliyalik yanvarda “qizil iblislar” a'zosiga aylangan va 21 o'yinda qatnashib, 11+8 natijaga erishishga ulgurdi.

“Buni eshitganimdan juda ham xursandman, lekin Kantona ajoyib o'yinchi edi va meni u bilan solishtirishlari uchun juda, juda, juda, juda ko'p mehnat qilishim kerak.

Bu erga kelganimdan juda baxtiyorman, lekin hozircha mamnun emasman. “Manchester Yunayted” titullarni yutishga odatlangan va men klubga kuboklarni qo'lga kiritish uchun tashrif buyurdim.

Agarda mavsumni Yevropa Ligasidagi g'alaba bilan yakunlasak, shunda juda xursand bo'laman”, deydi Fernandesh.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Evening Standard