So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Bunaqasini ko'rmagansiz: Faben Bartez chap vinger rolida Yangiliklar

Bunaqasini ko'rmagansiz: Faben Bartez chap vinger rolida

YouTube tarmog'ida ajoyib futbol xazinasi mavjud.

Unda darvozabon Faben Bartez 2001 yil yozidagi mavsumoldi turneda chap vinger vazifasini bajargan.


Bartez o'sha uchrashuvda futbolchi sifatida (darvozabon emas) tushish uchun Aleks Fergyusonga darvozadan ko'ra maydonda ko'proq foyda keltirishini tushuntirishga uringan. "Meni posbon deyishning o'zi etarli emas, chunki bahsda maksimal darajada ishtirok etishni xohlayman" - degandi Bartez o'zi haqida.


"U to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radi. Bazi o'yinoldi mashg'ulotlarida futbolchi sifatida harakat qilardi. U kuchli texnikaga ega edi" - deya eslagan Fergyuson.


Bartezning orzusi Singapur terma jamoasiga qarshi bahsda amalga oshdi. "Yunayted" 7:1 hisobida oldinda edi va zaxirada o'tirgan Bartezga 10 daqiqa sovg'a qilindi. U darvozabonniki bo'lmagan futbolkani oldi (Bartez avvaliga 7-raqamni olgandi, biroq ungacha Bekxem ushbu raqamdan foydalangani uchun hakamlar boshqa raqamli libsoda maydonga tushishni so'ragan) va chap qanotga tushdi.


Videoda hammasi qanday bo'lganini ko'rishingiz mumkin: Stadiondagilar olqishi, himoyachini aldab o'tishga urinish, jarima maydonchasi ichiga ajoyib pas va omadsiz uzatma. MYU yana bitta gol urdi - afsuski, gol muallifi Giggz.


"Boshqa o'yinchilar qanotni to'p bilan taminlardi, Bartez esa to'p ketidan yuguraverib, tili osilib qolgandi" - deya ushbu voqeani yuzida kulgu bilan eslagan Fergyuson.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика