So’nggi yangiliklar

17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  0 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  3 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  14 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3

Bugun "Sport klub" ko'rsatuvining birinchi soni jonli efirda namoyish etiladi Yangiliklar

Bugun "Sport klub" ko'rsatuvining birinchi soni jonli efirda namoyish etiladi

Teglar :  Sport tvSport-klub
Bundan bir necha kun oldin O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish borasida kelishuvga erishgani haqida xabar qilgandik.

Uchrashuvda Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov va O'zMTRK raisi Alisher Xodjaevlar "Sport" telekanali orqali yangi onlayn dastur tashkil qilish masalasini ham muhokama qilgandilar.

Ana shu kelishuv samarasi o'laroq, bugun "Sport" telekanalida maxsus "Sport klub" dasturining birinchi soni efirga uzatiladi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari, yurtimizdagi etakchi sport federaciyalar rahbarlari, o'zbek sportining yorqin yulduzlari jonli efirda muxlislar savollariga javob qaytaradilar.

Respublikamiz Prezidentining turli sohaga masul bo'lgan rahbarlar xalq oldida hisob berishi lozimligi, fuqarolarimiz bilan muloqot qilishi va ularning savollariga aniq-tiniq javob qaytarishi yuzasidan bergan ko'rsatmalariga asosan, bugundan etiboran sport sohasi uchun ham alohida onlayn dastur tashkil etilmoqda.

Bugun soat 19:00da "Sport" telekanalida boshlanadigan ko'rsatuvda muxlislar jonli efirda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика