So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  12 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Navbahor"

Bugun oliy liganing 25-turidan o'rin olgan yana uchta uchrashuv o'tkaziladi. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi.

Bugun Qo'qon shahrida juda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Bunga sabab, bugun muxlislar vodiy derbisiga guvoh bo'lishadi. Turnir jadvalida juda qiziq vaziyat yuzaga kelgan. Ikkala jamoa ham yonma-yon o'rinlarda bormoqda. "Qo'qon-1912" 37 ochko bilan 6-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Navbahor" undan bir ochko kam jamg'argan holda 7-o'rinda bormoqda. 

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" hozircha ikkkinchi davrada uch marta g'alaba erishgan va uchalasi ham uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan. Jamoa o'z maydonida "Obod", "Neftchi" va "SHo'rtan"dan ustun kelgan. Bundan tashqari, qo'qonliklar uydagi bahslarda bir marta yutqazib qo'yishgan. 

"Navbahor"ga keladigan bo'lsak, bu jamoa ikkinchi davrada ancha kuchaydi. Xususan jamoa ikkinchi davraning dastlabki to'rtta uchrashuvidan uchtasida g'olib chiqdi. "Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ni yutib ancha shov-shuv ko'targandi, biroq keyingi turda "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy bergach, shov-shuv tezda unutildi. 

Bugun "Navbahor" safarda jiddiy jamoaga qarshi bahs olib boradi. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari hozircha ikkinchi davrada safar o'yinlarida faqat bir marta g'alaba qozonishdi. Toshkentda "Obod" mag'lub etilganidan beri "Navbahor" safarda "Neftchi" va "SHo'rtan" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "Mashal" va "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berdi. 

Fakt: "Navbahor" mavsum boshidan beri safarda faqat ikki bor zafar quchgan. Jamoa "Dinamo" va "Obod" klublarini mag'lub etib qaytgan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика