So’nggi yangiliklar

07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  0 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0

Bugun futbol. "Olmaliq" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Olmaliq" - "Lokomotiv"

Teglar :  LokomotivOlmaliq
Bugun oliy liganing 22-tur doirasida oltita uchrashuv bo'lib o'tadi. "Lokomotiv" safarda "Olmaliq" mehmoni bo'ladi.

Oliy liga, 22-tur. 17 sentyabr
OLMALIQ - LOKOMOTIV
Bosh hakam:
Baxtiyor Namozov

Turnir jadvalidagi o'rni: "Olmaliq" 11-o'rinda (22 ochko), "Lokomotiv" 1-o'rinda (52 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 30 ochko.

Tarif: CHempionlik uchun harakat qilayotgan "Lokomotiv" bu turda "Olmaliq" mehmoni bo'ladi. Bugun Olmaliq shahrida qiziqarli bahs kechishi kutilyapti. Boisi ikkala jamoa ham hujumkor futbolni xush ko'radi. "Olmaliq"ning ikkinchi davrada hali g'alaba qozonmaganini inobatga olsak, Igor SHkvirin shogirdlari astoydil kurash olib borishsa kerak. Ammo "Loko" ham qarab turmaydi, negaki jamoa oldiga chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan va buning uchun har bir o'yin muhim sanaladi.

Fakt: O'z maydonida 9ta uchrashuv o'tkazgan "Olmaliq" shundan oltitasida g'alaba qozonib, uch marta mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 17-11. "Lokomotiv" esa safarda 9 bor maydonga oushib, oltita g'alabaga erishgan va uch marta durang o'ynagan. "Lokomotiv" safarda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. To'plar nisbati 20-10.

Fakt: "Olmaliq" ikkinchi davrani ketma-ket to'rtta mag'lubiyat bilan boshladi va o'tgan turda durang o'ynadi. Jamoa ikkinchi davrada beshta o'yin o'tkazib, faqat bir ochko jamg'ardi. "Lokomotiv" esa beshta uchrashuvdan to'rttasini g'alaba bilan yakunlab, bir bor durang qayd etdi.

Eslatma: Toshkentda bo'lib o'tgan birinchi davra uchrashuvida "Lokomotiv" yirik 4:0 hisobida zafar quchgan. Ikki marta Marat Bikmaev to'p kiritgan bo'lsa, Ikrom Aliboev bilan Server Jeparov hisobiga bittadan gol yozilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика