So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Bugun futbol. “Navbahor” – “Qo'qon-1912” Yangiliklar

Bugun futbol. “Navbahor” – “Qo'qon-1912”

Bugun bo'lib o'tadigan "Navbahor" - "Qo'qon-1912" bahsi bilan Superliganing 15-turiga start beriladi.

Xabaringiz bor, terma jamoamizning Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi tufayli 14-tur bahslari nomalum muddatga qoldirilgan va shu bois 15-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

Bugun Namangandagi markaziy stadion muxlislar bilan to'lib toshishi kutilmoqda. Negaki "Navbahor" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Agar birinchi davrada "navbahorchilar" safarda yutqazib qo'yganini hisobga olsak, bugungi bellashuvda ularni faqat g'alaba qoniqtiradi.

Turnir jadvalida "Navbahor" 3-o'ringa ko'tarilib olgan va juda yaxshi ketyapti. Raqib jamoa esa 15 ochko bilan 8-o'rinda boryapti.

Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi to'rtta turni qatorasiga g'alaba bilan yakunladi. Jamoa safarda "Buxoro"ni yutib kelganidan keyin o'z maydonidagi uchta bellashuvda zafar quchdi. Va eng qizig'i, "Navbahor" "Qizilqum", "Metallurg" va AGMK bilan bo'lgan o'yinlarda birorta ham to'p to'tkazib yubormadi.

Umuman olganda, "Navbahor" oxirgi to'rt uchrashuvdan beri gol o'tkazmayapti. To'plar nisbati 8-0.

Fakt: "Navbahor" o'z maydonida hali yutqazmagan. Jamoa besh marta zafar quchgan bo'lsa, ikki bor durang o'ynagan.

"Qo'qon-1912" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa negadir oxirgi paytlarda o'zini ko'rsata olmayapti. Oxirgi marta o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lub etganidan beri bu jamoa boshqa g'alaba qozonmadi. Yani, oxirgi to'rtta o'yindan ikkitasi durang va yana ikkitasi mag'lubiyat.

Fakt: Qo'qonliklar hozircha faqat uchta g'alabaga erishgan. SHundan bittasi safarda "Qizilqum" ustidan qo'lga kiritilgan. Ikkita g'alaba uydagi bellashuvlarda kuzatilgan: "Navbahor" va "Bunyodkor" bilan.

Bilasizmi? Bu mavsum hisobidan "Qo'qon-1912" birinchi marta ketma-ket ikki bor mag'lubiyatga uchradi. Jamoa ikkala mag'lubiyatini ham uyda "Buxoro" va "Qizilqum"dan qabul qilib oldi.  

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика