So’nggi yangiliklar

02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  0 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  3 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  0 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  12 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  10 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  110 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  218 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  7 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6

Bugun futbol. "Navbahor" - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "Qizilqum"

Bugun Coca Cola Superligasida 9-tur uchrashuvlari davom etadi.

Medallar uchun harakat qilayotgan "Navbahor" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida "Navbahor" 14 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 13-8. "Qizilqum" hisobida hozircha 2 ochko mavjud va bu jamoa 13-pog'onada kelyapti. To'plar nisbati 4-17. 

Ketma-ket uchta g'alabaga erishgan "Navbahor" o'tgan tur "Bunyodkor"ga 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Aytish mumkinki, bu bahsda "lochinlar" juda bo'sh harakat qilishdi. Mana endi "Navbahor" mag'lubiyat alamini bugun "Qizilqum"dan olishga urinib ko'radi. 

Ochko esa o'z navbatida navoiyliklarga ham suv va havodek zarur. Negaki bu jamoa mavsum boshidan beri hali g'alaba qozongani yo'q: 2ta durang va 6 mag'lubiyat. Bundan esa Tachmurod Agamuradov xafa bo'layotgani bor gap. SHamakovich yangi jamoasida ilk g'alabasini qachon qo'lga kiritadi, bunisi endi qorong'u. 

"Navbahor" bugun o'z maydonida to'rtinchi uchrashuvni o'tkazadi. Avvalgi 3ta bahsning hammasida maydon egalari g'alaba qozonishgan: "Lokomotiv" 2:0, "Buxoro" 2:0 va "So'g'diyona" ham 2:0. Ko'rib turganingizdek, "Navbahor" o'z maydonidagi o'yinlarda hali gol o'tkazmagan va uchala bahsni 2:0 hisobida o'z foydasiga hal etgan. 

"Qizilqum"ga kelsak, bu jamoa bugun to'rtinchi bor safarda to'p tepadi. Navoiyliklar safarda faqat "Mashal"dan ochko ola bilishgan, "Qo'qon-1912" va "Lokomotiv" bilan kechgan o'yinlarda esa yirik mag'lubiyatga uchragan. Va oxirgi ikkita safar bellashuvida "Qizilqum" o'z darvozasidan 7ta gol o'tkazib yubordi. 

P.S. Bugun soat 20:00da boshlanadigan uchrashuvni "Mahalla" TVda to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Navbahor

Azim Ahmedov - 49'

Superliga. 9-tur

13/07/2020, 20:00

0
:
1
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
46'  Islom Rashidxonov (Zabihillo O’rinboyev)
49'  Azim Ahmedov
58'  Mirzohid G’ofurov
63'  Abbos G'ulomov (Islombek Isoqjonov)
63'  Mirzohid G’ofurov (G'iyos Komilov)
82'  Azim Ahmedov (Pavel Golishev)
43'  Vezirgeldi Ilyasov
48'  Qadamboy Nurmetov
64'  Makkartni Navaseb (Sunnatilla Abdullazhonov)
74'  Ruslan Margiev
79'  Vezirgeldi Ilyasov (Vohid Shodiyev)
86'  Ruslan Margiev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика