So’nggi yangiliklar

00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Саутгемптон" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  1 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  16 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  1 19:59Гави: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси"  9 19:34Гари Невилл: "Гарначо ва Рэшфорд кетса, МЮ учун олдинга ташланган катта қадам бўлади"  13 19:10Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоасига хорижлик бош мураббийи тайинланди!  10 18:58Расман: Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"га қайтди!  1

Bugun futbol. "Andijon" - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. "Andijon" - "Qizilqum"

Teglar :  AndijonQizilqum
Bugun oliy ligada 24-tur bahslaridan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi. "Andijon" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Oliy liga. 24-tur. 1 oktyabr
ANDIJON - QIZILQUM

Boshlanish vaqti 16:00

Turnir jadvalidagi o'rni: "Andijon" 16-o'rinda (23 ochko), "Qizilqum" 7-o'rinda (37 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 14 ochko .

Tarif: Oliy liga jadvalida oxirgi o'rinni egallab turgan "Andijon" elitada qolish imkoniyatlarini saqlab qolish uchun "Qizilqum"ni mag'lub etishga urinib ko'radi. "Andijon" jamoasi o'z maydonida "Nasaf" bilan durang o'ynab, safarda "Mashal"ga yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Bugun "Qizilqum" ham bo'sh kelmasa kerak, negaki navoiyliklar oxirgi to'rtta o'yindan beri g'alaba qozona olishmadi. SHu bois Andijonda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda.

Fakt: "Andijon" ikkinchi davrada faqat ikki bor g'alaba qozondi. Jamoa oxirgi to'rtta o'yinning uchtasida mag'lub bo'ldi va bir marta durang o'ynadi. Umuman olganda, andijonliklar uyda o'tkazilgan 11ta uchrashuvdan to'rttasida g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynashgan va olti marta mag'lub bo'lishgan. To'plar nisbati 10-16.

Fakt: "Qizilqum" ikkinchi davrani qatorasiga to'rt g'alaba bilan boshladi va keyingi to'rtta o'yinda zafar qucha olmadi. Jamoa ikki bor durang o'ynagan bo'lsa, yana ikki marta yutqazib qo'ydi. Mavsum boshidan beri "Qizilqum" safardagi 11ta uchrashuvda 14 ochko jamg'argan. To'rtta g'alaba, ikki durang va besh mag'lubiyat. To'plar nisbati 11-14.

Eslatma: Navoiyda kechgan birinchi davra uchrashuvida maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика