So’nggi yangiliklar

18:34Раньери: "Шомуродов майдонда бор куч-ғайратини сарф этади. Уни шунинг учун ҳам яхши кўраман"  5 18:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Хитойдаги илк машғулотини ўтказди  0 18:15Суперлига. "Хоразм" — "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  16 18:10Бешта клуб Мюллерни ўз сафига қўшишдан манфаатдор  0 17:47Ямалнинг отаси испаниялик мухлислар Ламин билан фахрланишлари кераклигини таъкидлади  8 16:55"Барселона" "Аталанта" ҳужумчиси учун 50 млн евро тўлашга тайёр  3 16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  9 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   28 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  2 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  13 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  19 13:08Гвардиола "Барселона" ҳақида: "Бундай ўйин билан стадионлар ҳеч қачон бўш қолмайди"  14

Bugun futbol. "Andijon" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "Andijon" - "Nasaf"

Bugun Superliganing 5-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Ushbu mavsumda Superligada o'ynash huquqini qo'lga kiritgan "Andijon" o'z maydonida Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. Bu o'yin "Andijon" uchun o'z maydonidagi ilk uchrashuv bo'ladi. CHunki bungacha jamoa to'rtta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, hammasini safarda o'tkazdi. 

Turnir jadvalida "Andijon" 2 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi. "Nasaf" hisobida esa 4 ochko bor va 10-o'rinda boryapti. "Andijon" hozirgacha to'rtta o'yinning ikkitasida durang qayd etdi va ikki bor mag'lub bo'ldi. Jamoa "Qizilqum" va "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ga imkoniyatni boy berdi. 

O'tkazilgan o'yinlarda andijonliklar faqat bitta gol urishdi. Kiritilgan yagona gol yarim himoyachi Oybek Qilichevga tegishli ekanini inobatga olsak, jamoa hujum chizig'ida muammolar borligini ko'ramiz. Qolaversa "Andijon" to'rtta uchrashuvda 6ta gol o'tkazdi. 

"Nasaf" esa to'rtta o'yinning bittasida g'alabaga erishib, bir marta durang o'ynadi va ikki bor mag'lub bo'ldi. "Nasaf" o'zining yagona g'alabasini Qarshida "So'g'diyona" ustidan qo'lga kiritgan. Bundan tashqari Ro'ziqul Berdiev shogirdlari safarda "Dinamo" va "Paxtakor" mehmoni bo'lib bittadan ko'p gol ura olishmadi. 

Imkoniyatlar haqida nima deyish mumkin? Bugun "Andijon" o'z uyidagi ilk uchrashuvini o'tkazadi va stadionda ajoyib muhit hukmron suradi. "Nasaf"da esa o'yin saviyasi yuqori. Jamoa yaxshi maydonda bemalol o'zi xohlagan futbolni namoyish eta oladi. Mana shu jihatdan qarshiliklarning imkoniyatini yuqori baholash mumkin. 

Andijonda bo'lib o'tgan oxirgi besh o'yinda quyidagi natijalar qayd etilgan: 

2016 yil. "Andijon" - "Nasaf" 0:0 

2015 yil. "Andijon" - "Nasaf" 0:1 

2014 yil. "Andijon" - "Nasaf" 0:1 

2012 yil. "Andijon" - "Nasaf" 3:4 

2011 yil. "Andijon" - "Nasaf" 0:4 

Ko'rib turganingizdek, bungacha o'tkazilgan oxirgi besh o'yinning to'rttasida "Nasaf" g'alabaga erishgan. Faqat eng oxirgi o'yinda durang qayd etilgan. "Andijon" so'nggi besh uchrashuvning faqat bittasida raqib darvozasiga to'p kirita olgan. Jamoa uchta gol urib o'z darvozasidan 4 bor to'p olib chiqqan. "Nasaf" esa beshta uchrashuvda raqib darvozasini 10 marta ishg'ol qilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика