So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Bugun Evropada transfer oynasi yopiladi: eng ko'p kutilayotgan kelishuvlar haqida Yangiliklar

Bugun Evropada transfer oynasi yopiladi: eng ko'p kutilayotgan kelishuvlar haqida

Teglar :  Transfer oynasi
Bugun barchasini rasmiylashtirishga ulgurishadimi?

Joau Mariu – "Inter"dan "PSJ"ga

Evropa chempioni yana "Inter"ga keragi bo'lmay qoldi. "Neradzurri" yarim himoyachi uchun – 18 mln evro so'ragandi. "Inter" moskvalik "temiryo'lchilar"dan ham aynan shuncha so'ragandi. Qiziq jihati, Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining transfer narxi 13 mln evro.

"Lokomotiv" futbolchini sotib olmoqchi edi, ammo narx sabab muzokaralardan chiqdi, Joau esa "Inter"ga qaytdi. Mariu Franciyaga "Marsel"ga o'tishi haqida gaplar tarqalgandi, ammo yakunda futbolchi mamlakatning boshqa bir jamoasi tarkibiga borib qo'shildi – PSJ. Ammo hozircha bu to'liq transfermi yoki ijara aniq emas. Joau faqatgina tibbiy tekshiruvdan o'tsa bo'ldi, shundan so'ng tomonlar shartnomani imzolaydi.


Erik SHupo-Moting – "Bavariya"ga (erkin agent sifatida)

Kamerunlik ko'pchilik uchun kutilmaganda o'tgan ECHL qaxramonlaridan biriga aylandi – u bo'lmaganida PSJ finalgacha etib borishi mushkul bo'lardi. Aynan SHupo-Moting chorak finalda "Atalanta" darvozasiga hal qiluvchi gol bo'ldi. Umuman olganda, Erik juda kam o'ynadi: bor yo'g'i 20 o'yin, ulardan faqatgina 8tasi asosiy tarkibda.

PSJ SHupo-Moting bilan kelishuvni uzaytirishni istamadi. Endi kamerunlik joker katta ehtimol bilan "Bavariya"ga yo'l oladi. Nemis hamda francuz OAVining xabarlariga ko'ra, Erik myunxenliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Avvalroq futbolchi Germaniyada "SHalke-04", "Maync", "Gamburg" va "Nyurnberg" safida to'p tepgan.


Temue Bakayoko – "CHelsi"dan "Napoli"ga

Franciyalik futbolchining "CHelsi"dagi faoliyati o'xshamadi. Ikki marta ijarga berib yuborildi – "Milan" va "Monako". Bakayoko unchalik yomon harakat qilmadi, ammo "aristokratlar" rahbariyatini baribir kerakligiga ishontira olmadi. Temue yana ijaraga yo'l oldi, bu safar "Napoli"ga. Aytishlaricha, Bakayokoni jamoada Jennaro Gattuzoning o'zi ko'rishni istagan. Ikki yil avval ular "Milan"da hamkorlik qilishgandi.


Edinson Kavani – "Manchester Yunayted"ga (erkin agent sifatida)

Urugvaylik forvard uzoq vaqt davomida o'ziga yangi jamoa izladi. PSJ safida harakat qilayotgandayoq Kavani "Atletiko", "Roma" va "CHelsi" bilan muzokaralar olib borgandi. 2020 yil yozida Parij shahrini tark etgach, Kavani "Benfika"ga qo'shilishi mumkin edi, lekin Portugaliya klubi futbolchi maoshini to'lay olmasligini malum qildi. Hozir Edinson "Manchester Yunayted"ga o'tish arafasida turibdi. Malumotni futbolchi agenti Uolter Gulelmone tasdiqladi. "Bu haqiqat. Bizda "MYU" bilan kelishuv mavjud", – dedi u Inside Futbol agentligiga. Yaqin vaqtlar ichida bu transfer haqida ham rasman malum qilinishi kutilmoqda. 


Jastin Klyuyvert – "Roma"dan "RB Leypcig"ga

Afsonaviy Patrik Klyuyvertnin o'g'li Italiyaning "Roma" jamoasi asosiy tarkibidagi joyini yo'qotib qo'ydi. Bu mavsum Jastin maydonda ikki bor zaxiradan tushdi va bor yo'g'i 18 daqiqa harakat qildi. "Yuventus" bilan uchrashuvda u zaxira o'rindig'ida qolib ketdi. O'yin amalayotiga ega bo'lishi uchun kichik Klyuyvert "RB Leypcig"ga yo'l olmoqda. Germaniya klubi yosh iqtidorlar bilan ishlashni yaxshi ko'radi, yaxshi biladi. Italiyalik jurnalist Fabricio Romano xabar berishicha, gollandiyalik futbolchi bir mavsumga ijaraga yo'l oladi. "RB Leycpig" futbolchini sotib olish huquqiga ega bo'ladi.


Mario Gyotce – "Gerta"ga (erkin agent sifatida)

Nemis nashri Bild"ning xabariga ko'ra, Gyotce "Gerta"ga o'tishga yaqin turibdi. Berlin klubi anchadan buyon Marioga qiziqish bildirmoqda. Endi futbolchi erkin agentga aylanganda muzokaralar boshlandi. "Gerta" bosh murabbiyi Bruno Labbadia futbolchi bilan transfer borasida suhbatlashgan. Ammo Marioning maoshi muammo bo'lishi mumkin: "Borussiya"da u yiliga taxminan 10 mln evro maosh olardi, berlinliklar esa ikki barobar kam maosh bera oladi. Gyotceni "Bavariya" ham qaytarishni istagandi, aniqrog'i uning bosh murabbiyi Xans-Diter Flik. Biroq mutaxassis fikri rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi. Endi Marioda faoliyatini davom ettirish uchun variantlar unchalik ko'p emas. 


Barcha savollarga javob topish uchun yana bir necha soat sabr qilsa etarli. Ko'ramiz, kuzatamiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика