Bugun APL klublari vakillari video muloqot o'tkazishdi

Mirjalol Normatov
1 may 2020, 20:56
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti bugun klublar vakillari o'rtasida o'tgan video muloqotning yakuniy hulosasini e'lon qildi.

Muloqot davomida tomonlar mavsumni qayta boshlash borasida fikr almashishgan, biroq bir qarorga kelishmagan. APL ham o'z navbatida ekspert va maxsus vakillar bilan birgalikda bu borada ish olib bormoqda.

Qayd etilishicha, faqatgina mamlakatdagi holat yaxshi bo'lgandagina barcha klublar APLning ushbu mavsumini yakunlab qo'yishni istamoqda.

APLning ayni damdagi peshqadami "Liverpul" bo'lib turibdi. Jamoa 30 yilda ilk marta chempion bo'lishga yaqin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: premierleague.com