So’nggi yangiliklar

12:00ПРО-Лига. Бугун етакчилар жанги гувоҳи бўламиз  1 11:45"Насаф"ни чемпион қилган ўйинлар  2 11:22Рой Кин: "Манчестер Юнайтед" — шунчаки ўртамиёна клуб"  1 10:50Мареска: "Челси"да АПЛнинг энг кучли таркибларидан бирига эга"  1 10:23Слот: "Салоҳнинг ўйинида пасайиш кутманг"  3 09:56"Арсенал" Муҳаммад Қуддусни сотиб олмочқи   2 09:28Мората Ямални Месси ҳамда Роналдуга солиштирди  8 09:00Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" "Ал Райян" билан куч синашади  27 08:31"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилгача узайтиради  2 08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  8 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  1 07:21Неймарга иккита ўйин етарли бўлди  5 01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  3 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  9 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  2

Bugun Angliyada klassik to'qnashuv: MYU - "Arsenal". Prevyu Yangiliklar

Bugun Angliyada klassik to'qnashuv: MYU - "Arsenal". Prevyu

Angliyada klassik futbol oqshomi.

Tumanli albionning yaqin o'tmishdagi eng qudratli ikki jamoasi "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'zaro bellashadi. 7-tur doirasidagi bahs "Old Trafford"da bo'lib o'tadi.

APL, 7-tur
30.09.2019, 23:55
"Old Trafford", Manchester
"Manchester Yunayted" - "Arsenal"
Bosh hakam:
Kevin Frend

Bugungi uchrashuvga "The Guardian" nashri taqdim etgan taxminiy tarkiblar




O'ynamaydi: Erik Bayi, timoti Fosu-Mensa, Antoni Marsyal, Markus Rashford, Diogu Dalot, Anxel Gomesh – Smit Rouv, Aleksandr Lakazett, Ektor Belerin.
So'roq ostida: Pol Pogba, Lyuk SHou – Mavropanos.

Muxlislar har ikkala jamoadan ham yuqori natijalar kutishadi. Ammo, o'tgan mavsum MYU ham, "Arsenal" ham chempionatni CHempionlar ligasi zonasida yakunlay olmadi. Natijada ular hozir Evropa ligasida to'p tepishmoqda. Bir so'z bilan aytganda jamoalar o'zlarining eng yaxshi holatida emaslar.


"Manchester Yunayted" hozir yaxshi formada emas, istalgan jamoaga yutqazib qo'yishi mumkin bo'lgan holatda. Hujum chizig'ida muammolar juda ko'p, Rashford, Maryal, Gomeslar o'yinni o'tkazib yuborishadi. O'zi shundoq ham yakuniy zarbani berishda etarlicha muammolarga duch kelayotgan Sulsher shogirdlari uchun yuqoridagi yo'qotishlar yanada salbiy tasir ko'rsatishi mumkin. Murabbiy esa jamoani mutlaqo yangidan qurayotgani va hammasi iziga tushib ketishi uchun uzoq vaqt zarurligini takidlamoqda. Norvegiyalik ko'zlagan niyatiga eta oladimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.

O'z navbatida mehmonlar ham eng yaxshi holatidalar deyish qiyin. Bu narsa ko'proq himoya chizig'i bilan bog'liq, ayniqsa markaziy himoya bilan. Papastatopulos va David Luiz ishonchli o'yin ko'rsata olishmayapti. Jamoa 6 o'yinda 10ta gol o'tkazib ulgurdi. Hujum esa yorqinroq ko'rinmoqda. Obameyang porlashda davom etmoqda. Nima bo'lganda ham "Arsenal" doimo hujumkor va tomoshabop futbolni afzal ko'rgan. Bugun ham ulardan shuni kutib qolamiz.

Qiziqarli faktlar:
- "Manchester Yunayted" jamoasi APL doirasida "Arsenal"ga qarshi oxirgi 12ta uy o'yinida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda (8 g'alaba, 4 durang);
- "Kanonirlar" Premer-ligada so'nggi bor 2006 yilning sentyabr oyida "Old Trafford"dan g'alaba bilan qaytishgan - 1:0;
- "Arsenal" APLning oxirgi 4 o'yinida kamida ikkita gol o'tkazib yubormoqda, shu bilan birga uch turdan beri kamida ikkitadan gol urib kelishmoqda;
- Jessi Lingard "Yunayted" tarkibida barcha musobaqalarda "Arsenal"ga to'rtta gol urgan. Futbolchi boshqa hech bir jamoaga buncha ko'p gol urmagan;
- Per-Emerik Obameyang Premer-liga doirasida oxirgi 13ta o'yinda 13ta to'p kiritdi. Joriy mavsumning 6 uchrashuvida 6ta gol, bu "Arsenal" futbolchisi uchun 2007-2008 yilgi mavsumdan buyon eng yaxshi ko'rsatkich. O'shanda Emmanuel Adebayor startdagi turlarda shuncha gol urgan;
- "Arsenal" 2006-2007 yilgi mavsumdan beri ilk bor "Manchester Yunayted"ni ketma-ket ikkita o'yinda mag'lub etishga harakat qiladi.



Unai Emeri: "Ushbu uchrashuv doimo buyuk bo'lib kelgan: oldin ham, hozir ham, keyin ham.
Ispaniyadaligimda ham MYU - "Arsenal", "Arsenal" - MYU uchrashuvini tomosha qilardim va doimo o'yin keskin kechardi. Ertaga kechasi ham shunday o'yin bo'ladi deb o'ylayman.
Biz o'yinlarda ko'p narsalarga erishishni istaymiz. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Futbolchilar navbatdagi bahsni intiqlik bilan kutishyapti va ular 3 ochko uchun o'ynashadi.
Sulsher tajribali va klubni ideal tarzda biladi. U yuqori darajada raqiblik qilishni eplay oladi. Uning vazifasi ham biz kabi - barqarorlikka erishib, kuchli to'rtlikka kirish".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика