So’nggi yangiliklar

19:25Суперлига. "Хоразм" — "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  20 19:16Суперлига. "Бунёдкор" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  0 18:34Раньери: "Шомуродов майдонда бор куч-ғайратини сарф этади. Уни шунинг учун ҳам яхши кўраман"  5 18:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Хитойдаги илк машғулотини ўтказди  0 18:10Бешта клуб Мюллерни ўз сафига қўшишдан манфаатдор  0 17:47Ямалнинг отаси испаниялик мухлислар Ламин билан фахрланишлари кераклигини таъкидлади  9 16:55"Барселона" "Аталанта" ҳужумчиси учун 50 млн евро тўлашга тайёр  3 16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  10 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   30 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  2 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  13 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  20

Bugun 16:00da O'zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qura jonli efirda tashlanadi Yangiliklar

Bugun 16:00da O'zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qura jonli efirda tashlanadi

18 aprel kuni O'zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

“Sport” telekanali bilan kelishuvga ko'ra, mazkur qura jarayoni soat 16:00da boshlanadigan “Gol” ko'rsatuvi davomida amalga oshadi.

2019 yilgi mavsumda O'zPFL Superliga uchun 14, A Pro-ligasi uchun 8 hamda V Pro-ligasi uchun jami 16 ta klubni ro'yxatdan o'tkazdi. O'zbekiston kubogida mazkur jamoalardan faqatgina “Bunyodkor-2” hamda “Andijon-2” jamoalari ishtirok etmaydi. Ular farm-klub maqomida bo'lgani sababli, faqatgina V Pro-liga uchrashuvlaridagina qatnasha oladi.

1/32 final uchrashuvlari taqvimda 30 aprel hamda 1 may kunlari o'tkazilishi avvaldan belgilab qo'yilgan. Unga qadar esa 19 aprel kuni O'zbekiston kubogi uchun saralash uchrashuvlari bo'lib o'tadi. SHarqiy mintaqadan saralashda “CHig'atoy” hamda “Yashnobod” klublari o'zaro o'yin bilan ishtirok etadi. G'arbiy mintaqada esa Navoiy hamda Buxoroning “Ittifoq” jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Mazkur uchrashuvlar g'olibi 1/32 finalda to'p surish huquqini qo'lga kiritadi.

Ular safiga keyingi bosqichda V Pro-liganing “Yangier”, “G'ijduvon”, “Lokomotiv-BFK”, “Rubin”, “Zarangari”, “Orol”, “Turon”, “Rash-Milk”, “Zomin”, “Zirabuloq” klublari qo'shiladi. Jami 12 ta klub olti juftlikka ajratiladi. Bosqich g'oliblari 1/16 final chiptasini qo'lga kiritadi.

1/16 finaldan boshlab musobaqaga Superliganing 10 hamda A Pro-liganing 8 jamoasi qo'shiladi. 1/8 finaldan boshlab esa “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Navbahor” va AGMK jamoalari turnirdagi ishtirokini boshlaydi.

2019 yilda mazkur turnirda har bir bosqich faqatgina 1 ta uchrashuvdan iborat bo'ladi. G'olib asosiy va qo'shimcha daqiqalarda aniqlanmasa, penaltilar seriyasi yordamga keladi. Qura marosimlari Sport-TV orqali jonli namoyish etib boriladi. Qurada barcha jamoalar bitta savatga solinadi. Birinchi chiqqan jamoa mezbon, ikkinchisi uning mehmoni bo'ladi.

Faqatgina bir jihatga etibor qilish kerak. Stadionlar bo'yicha talabga ko'ra, agar mezbon jamoaning stadioni O'zbekiston kubogi uchrashuvlari talabida bo'lmasa, mazkur jamoa quradan keyingi uch kun ichida yoki talab darajasidagi maydon topishi yo bo'lmasa mehmon jamoa maydonida to'p surishi kerak bo'ladi. V Pro-ligasining maydoni talab darajasida bo'lgan klublari uyiga Superliganing eng yaxshi jamoalari ham tashrif buyurishi mumkin.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика