So’nggi yangiliklar

19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  0 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7

Bugun 12:00. "Paxtakor" - "Zenit" Yangiliklar

Bugun 12:00. "Paxtakor" - "Zenit"

Teglar :  Zenit Paxtakor
Bugun "Paxtakor" BAAdagi yig'in doirasida birinchi nazorat o'yinini "Zenit"ga qarshi o'tkazadi.

Ushbu jamoalar rasmiy bellashuvda oxirgi marta 1990 yil maydonga tushishgan. Toshkentda SSSR chempionati bahsida "SHerlar" 2:1 hisobida zafar quchishgan. O'shanda Igor SHkvirin va Xoren Oganesyan "Paxtakor"dan, Dmitriy Radchenko raqibdan to'p kiritgan.

CHempionatlar doirasida jami 46 o'yin o'tkazilgan. Piterliklar 19, jamoamiz esa 18 g'alabaga erishgan. 9 uchrashuv durang bilan tugagan. Raqib darvozasiga 65 to'p kiritgan "Paxtakor" o'z darvozasidan 67 gol olib chiqqan. Ushbu raqib ustidan 1968, 1973 va 1982 yillari "SHerlar" 5:0 hisobida ustun kelishgan.

Bu jamoalar tarixini o'zaro bog'lab turuvchi futbolchi Yuriy Zagumennix sanaladi. U 1970-75 yillarda "Zenit", 1976 yildan boshlab esa "Paxtakor" sharafini himoya qilgan. 1979 yil aviahalokatda hayotdan ko'z yumgan. Piterliklar tarixidagi eng kuchli 50 futbolchi ro'yxatiga kiritilgan.

"Zenit" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 24 yanvar, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 12:00da Dubaydagi "Nad Al SHeba" majmuasi maydonida boshlanadi.

Soat 12:00da boshlanadigan bahsni quyidagi link orqali to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin. Bundan tashqari saytimizda uchrashuv matnli translyaciya qilinadi. 



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика