Buffon: "Italiya futboli uchun afsusdaman"
14 noy 2017 10:58
Yangiliklar
Buffon: "Italiya futboli uchun afsusdaman"
Eslatib o'tamiz, ana shu durangdan keyin "Skuadra Adzurralar" Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH-2018dan quruq qolishdi.
"Men o'zim uchun emas, butun Italiya futboli uchun afsusdaman. Biz shunchaki o'tish o'yinini yutqazmadik, qandaydir boshqa darajada, ijtimoiy tomonlama engildik. Xafa bo'ldim va terma jamoadagi faoliyatimni mana shunday yakunlayotganimdan afsusdaman. Lekin, milliy jamoada o'tgan davrning bir daqiqasidan ham afsuslanmayman. Men bilan jamoada birga bo'lgan va bu ajoyib sayohatni o'tkazgan barchani qattiq quchgan holda hammaga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Gol urish uchun bizga sovuqqonlik etishmadi.
Maydonga tushganlarning har biri o'tish o'yinlari juda ham qiyin o'tishini yaxshi bilar edi. Gol urish uchun bizga sovuqqonlik etishmadi.
O'tish o'yinlarida hammasini bugun bizga qarshi ishlagan kichik epizodlar hal qiladi. Aybni hammamiz teng bo'lishimiz kerak, birgina aybdor bo'lishi mumkin emas", - deya afsonaviy kiperning so'zlarini keltirdi "TASS".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar