So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

Bu - qiziq. Oliy ligada "Nasaf"ni yutgan jamoalarning omadi kelyapti Yangiliklar

Bu - qiziq. Oliy ligada "Nasaf"ni yutgan jamoalarning omadi kelyapti

Teglar :  Oliy ligaNasaf
Oliy liganing birinchi davrrasida "Nasaf" bilan bog'liq qiziq voqea ro'y berdi.

Gap shundaki, "Nasaf"ni kim mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, keyingi turlarda o'sha jamoa juda omadli ishtirok etgan.

Malumot uchun, "Nasaf" hozircha 14 uchrashuvda maydonga tushib, shundan to'rttasida mag'lub bo'ldi. Bu klubning "Bunyodkor"ga qarshi 3-tur bahsi qoldirilgan va o'yin 4 iyul kuni bo'lib o'tadi. Qarshiliklar birinchi davrada uydagi hamma o'yinlarni g'alaba bilan tugatishdi. To'rtta mag'lubiyat esa safardagi bellashuvlarda qayd etildi.

"Nasaf" safarda "Olmaliq" (5-tur), "Lokomotiv" (6-tur), "Metallurg" (12-tur) va "Paxtakor" (14-tur) klublariga imkoniyatni boy berdi. Raqib jamoalarning g'alabasidan so'ng ularda ishtaha ochildi shekilli keyingi turlarda birin-ketin ochkolarni qo'lga kirita boshlashdi.

Masalan, "Olmaliq"ni olaylik. Bu jamoa "Nasaf"ni mag'lub etganidan so'ng qatorasiga 11ta o'yinda yutqazmadi: olti g'alaba, besh durang. "Olmaliq"ning mag'lubiyatsiz seriyasi aynan "Nasaf"ga qarshi bahsdan keyin boshlandi.



"Nasaf" navbatdagi bahsni yana safarda, bu gal "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazdi. Poytaxtliklar bungacha G'uzordan mag'lubiyat bilan qaytishgandi. Ammo uyda "Nasaf" mag'lub etilgach, "Lokomotiv" ketma-ket sakkizta uchrashuvda yutqazmadi. Jamoa ikki bor durang o'ynab, qolgan bellashuvlarda uch ochkoli bo'ldi.

"Nasaf" 12-turni Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'tkazib, yana nol ochko bilan qaytdi. Bu o'yindan keyin endi "Metallurg"ning omadi kelib, bekobodliklar "Nasaf" bilan o'yinni hisobga olganda ketma-ket to'rtta o'yinda g'alabaga erishishdi.

O'z maydonida "Nasaf"ni enggan yana bir jamoa "Paxtakor" bo'ldi. "Paxtakor" "Nasaf" ustidan g'alaba qozongach, birinchi davrada hali amalga oshirmagan ishini qildi, yani ilk marta safarda uch ochkoni qo'lga kiritdi. Jamoa "Obod"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi, buning ustiga omadi kelmayotgan Igor Sergeev shu o'yinda ikkita gol urdi.

Aytib o'tganimizdek, "Nasaf"ning hali "Bunyodkor" bilan qoldirilgan o'yini bor. "Nasaf" yana safarda to'p tepishini inobatga olsak, qani ko'ramiz, o'yinda qanday hisob qayd etiladi-yu, keyingi voqealar qanday tus oladi?

X.Xoliqov.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика