So’nggi yangiliklar

16:09"Қўқон-1912" - "Дўстлик". Асосий таркиблар маълум  0 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16

Bu CHempionlar ligasi nomini Rekordchilar ligasiga o'zgartiring! Yangiliklar

Bu CHempionlar ligasi nomini Rekordchilar ligasiga o'zgartiring!

Teglar :  CHempionlar Ligasi
CHempionlar ligasining bu mavsumi starti turli rekordlarga boy bo'ldi va ularning bazilari bilan sizni tanishtirib o'tamiz.

1. "Tottenxem" rekordi


"Manchester Yunayted" Evropa ligasi bahsiga tayyorlanayotgan bir paytda katta sahnaga nomi juda mashhur bo'lmagan jamoalar chiqmoqda. Kutilmaganda "Tottenxem" "Lester"ning CHempionlar ligasidagi ajoyib debyutidan ham yorqinroq rekord qayd etdi.

Uchinchi o'rin va o'tgan mavsumdagi ajoyib o'yin, "Uayt Xart Leyn"dan "Uembli"ga o'tish va Angliyaning Franciyaga qarshi bahsi ("Monako" alohida davlat hisoblansada, ammo ko'pincha o'z qo'shnisi tarkibida yodga olinadi) "shporlar"ga birdaniga 3 ta rekordni yangilashga imkon berdi:

1.Ingliz klublari orasida uy uchrashuvlarida eng ko'p muxlis, 2.CHempionlar ligasida qatnashadigan ingliz klublari orasida eng ko'p muxlis, 3."Tottenxem" klubi tarixidagi eng ko'p muxlis.

"Monako"ga qarshi bahs 85 000 muxlis yig'di, ammo bahs rekordchilarning foydasiga yakunlangani yo'q - 1:2.


2. "Borussiya"ning rekordlari


Dortmundning "Borussiya" klubi CHempionlar ligasining mehmondagi uchrashuvlarida tezkor 3 ta gol urish rekordini yangilashi uchun 17 daqiqa kerak bo'ldi. "Arilar"ning dahshatli "shturmi"ga Polshaning "Legiya" klubi nishon bo'ldi. Bu boradagi avvalgi rekord "Barselona"ga tegishli edi. Kataloniya klubi 2008 yilda 22 daqiqa ichida SHveycariyaning "Bazel" klubi darvozasiga 3 ta gol urishga ulgurgan edi. "Borussiya" bu rekordni yangilaganidan so'ng yana 3 ta gol urdi va o'zining tarixida CHempionlar ligasida va evrokuboklarda mehmondagi eng yirik g'alabasini nishonladi. Dortmundliklar bundan yirikroq hisobda 1956 yilda uydagi bahsda Lyuksemburgning "Spora" klubiga qarshi Evropa CHempionlari Kubogi o'yinida (7:0) va 1965 yilda Maltaning "Floriana" klubiga qarshi uchrashuvda (8:0) g'alaba qozongan.


3. "Bavariya"ning rekordi


Germaniyaning yana bir klubi - "Bavariya" "Rostov"ga qarshi CHempionlar ligasi bahsida "Alyanc Arena"dagi ketma-ket 13-g'alabaga erishdi va bu turnirda uydagi g'alabalar soni bo'yicha "Manchester Yunayted"ning rekordini yangiladi. Bavariyaliklar so'nggi bor 2014 yilda Myunxenda mag'lub bo'lishgan, o'shanda "Real" nemis jamoasini 4:0 hisobida taslim etgan.


4. Karlo Anchelottining rekordi


"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti etti jamoa bilan CHempionlar ligasida g'alaba qozongan birinchi mutaxassisga aylandi. Oldinroq italiyalik "Parma", "Yuventus", "Milan", "CHelsi", PSJ va "Real"ni boshqargan va bu jamoalar bilan hech bo'lmasa bir marotaba raqibini mag'lub etgan. Rafael Benites oltita jamoa bilan CHempionlar ligasi uchrashuvlarida zafar quchgan. "Lester" ustozi Klaudio Raneri ham ikki hafta oldin xuddi shu natijaga erishdi.


5. "Barselona" rekordi


La Liganing debyutanti "Alaves" bilan muvaffaqiyatsiz bahsdan so'ng "Barselona" muxlislari oldida o'zini oqlab olishi kerak edi. Kataloniyaliklar "Seltik"ka qarshi bahsda ikki uchrashuv uchun gol urdi va SHotlandiya klubi o'tkazib yuborgan ettita golga javob bera olmadi. Bu g'alaba ularning CHempionlar ligasidagi eng yirik muvaffaqiyatiga aylandi.


6. Lionel Messining rekordi


"Seltik"ka qarshi o'yinda "Barselona" etakchisi Lionel Messi o'zini ko'rsatdi. Deyarli ikki hafta gol ura olmagan argentinalik CHempionlar ligasining olti uchrashuvida xet-trik qayd etgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu natija borasida u o'zining azaliy raqibi Krishtianu Ronaldudan o'zib ketdi va birinchi o'ringa chiqib oldi. Leo 3-daqiqada urgan gol Messining CHempionlar ligasidagi eng tez goliga aylandi. Argentinalik ushbu golni 10 soniya oldin urganida, bu darvozani ishg'ol etilishi Messi uchun barcha turnirlardagi eng teziga aylanardi. 2010 yilda jahonning eng yaxshi futbolchisi "Rasing" darvozasiga uchrashuv boshlanishidan 2 daqiqa 36 soniya o'tib gol urdi. Sochini bo'yagan va soqolini o'stirgan Leo o'z hayotida nimanidir o'zgartirishga urinayotgan bo'lsa kerak.


7. Krishtianu Ronalduning rekordi


Lissabonning "Sporting" klubi CHempionlar ligasining amaldagi g'olibni taslim etishiga bir bahiya qoldi, ammo "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z jamoasiga yordamga keldi. Portugaliyalik 89-daqiqada o'zining sobiq klubi darvozasiga jarima zarbasidan chiroyli gol urdi. 31 yoshli Krishtianu CHempionlar ligasi tarixida standartdan (penalti hisobga olinmaganda) 12 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan birinchi futbolchiga aylandi va "Yuventus" hamda Italiya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Alessandro Del Peroni (11 ta standart) ortda qoldirdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика