So’nggi yangiliklar

08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  0 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  5 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  1 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  5 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0

"Bryugge"da 9tadan 9 ochko! "Atletiko"ni mag'lub etishda Xavining "Barsa"sida gol urgan va "Espanol"ga kerak bo'lmagan ispan yordam berdi Yangiliklar

"Bryugge"da 9tadan 9 ochko! "Atletiko"ni mag'lub etishda Xavining "Barsa"sida gol urgan va "Espanol"ga kerak bo'lmagan ispan yordam berdi

Vau!


Seshanba kungi CHempionlar Ligasining eng asosiy sensaciyasi Belgiyada sodir bo'ldi: "Bryugge" qahramonlarcha "Atletiko"ni 2:0 hisobida taslim etdi va B guruhi etakchiligini saqlab qoldi.


"Bryugge" "Bayer", "Portu" va "Atletiko"ga qarshi o'yinlarda 9tadan 9 ochko jamg'ardi. To'plar nisbati ham dahshat – 7:0.


Simeone jamoasi dastlabki yarim soatda raqibni o'z darvozasi oldiga "qamab qo'ydi" va muntazam ravishda Simon Minoleni tekshirib turdi. "Liverpul"ning sobiq darvozaboni ishonchli harakat qildi. "Bryugge" 30-daqiqada madridliklarni foydalanilmagan imkoniyatlar uchun jazoladi: hujumchi Ferran Judjla Nauel Molinani qulatgan va "Atletiko" himoyachilaridan o'tgan holda sherigiga pas berdi, Kamala Soua esa ochiq darvozani osongina ishg'ol qildi.


VIDEO  ECHL. "Bryugge" - "Atletiko Madrid" 2:0


"Bryugge" shundan so'ng ham kam sonli qarshi hujumlar uyushtirdi. 62-daqiqada taktika o'z samarasini berdi: Byukenen to'pni jarima maydonchasi ichida ajoyib tarzda nazorat qildi va Judjlaga uni qoldirdi. Belgiyaliklar ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishdi.


Grizmann 75-daqiqada penaltidan foydala olmadi va "Atletiko"ning o'yinga qaytishini "oldini oldi". Antuan asosiy tarkibda maydonga tushdi va juda ham ajralib turmadi. Madridliklar Minole darvozasi oldida yana ko'plab vaziyatlar yaratishdi, ammo foydalanilmagan penaltidan so'ng o'zlariga kela olishmadi.


"Atletiko"ga qarshi o'yin qahramoni Judjla kim o'zi (1+1)?


"Menga futbolda ko'p marta sababini aytmasdan etarli darajada yaxshi emasligimni aytishgan. Ular shunday deyishadi va tamom. Meni ikki bor "Espanol"dan haydab yuborishgan, "Valensiya" va "Damm" ham rad javobini bergan. Balki, bu mening xarakterimni shakllantirgandir", – deydi Ferran Judjla Belgiyaning Sport Voetbal Magazine nashriga.



Judjla 16 yoshida futbolni tashlashni xohlagan. Uni "Espanol" akademiyasidan haydashgan. U nima qilishini bilmay qolgan. Butun umri davomida futbolni orzu qilgan, ammo faoliyati o'xshamagan. Ferran ko'proq o'qiydigan va kamroq mashg'ulot (haftasiga atigi ikki marta) qiladigan bo'lgan. Unda shubha ham bor edi: davom ettirish kerakmi?


Ferranni bir yildan so'ng akademiyaga qaytarishdi. Ammo, jamoasida unga unchalik ham ishonch bildirishmadi, ijaraga yuborishdi va asosiy jamoaga qo'yishmadi. 22 yoshli Judjda 1,5 yil oldin "Espanol"ning ikkinchi jamoasida sardorlik bog'ichi bilan harakat qilardi, ammo biror marta ham asosiy jamoa bilan shug'ullanmagan. Unga faqatgina bitta inson ishonch bildirdi – o'rinbosarlar jamoasi murabbiyi Xose Antonio Gey.


U "Espanol" bosslaridan Judjlaga imkoniyat berishni so'radi. Ammo, unga klubda umidliroq va muhimi yoshroq yigitlar borligini aytishdi.



"Menga boshqalar o'ynashi kerakligiga shama qilishdi. Judjlani hech qachon qadrlashmagan, u hatto birinchi jamoa bilan shug'ullanmagan ham. Garchi men buni talab qilgan bo'lsam ham. Ularga video, statistikani ko'rsatdim va uning o'yinga katta tasir o'tkazishini aytdim", – deydi Xose Antonio El Mundo'ga.


Judjlani "Espanol"ning asosiy jamoasiga olishmadi, u esa xafa bo'ldi va yomonroq o'ynadi. O'rinbosarlar murabbiyi hujumchining nozik joyi psixologiyasida ekanligini aytdi. Agar uni so'ksangiz, u taslim bo'ladi. 2020/21 yilgi mavsum so'nggida Judjlani baribir payqashdi. Ammo, "Espanol" asosiy tarkibida emas, "Barselona" o'rinbosarlar jamoasida.


Yulduz bo'lmasa ham, u Serji Barxuane qo'l ostida hujum qanotida yaxshi ko'rindi (15ta o'yinda 4+4). Tasodif yordam berdi. 2021 yilning dekabrida jarohat sabab Depay, Fati, Breytueyt va Aguero o'ynay olishmadi, Ferran Torres, Adama Traore va Obameyang esa hali kelmagandi. O'rinbosarlar jamoasidagi yigitlarga La liga hujumida o'ynash imkoniyati tug'ildi.



"Meni "Barselona"ning asosiy jamoasiga o'tkazishganda, jamoa qiyin vaziyatda boshidan o'tkazayotgandi. To'g'risini aytsam, mendan hech kim hech narsa kutmayotgandi. Bu menga o'zimga bo'lgan ishonchni taqdim etdi va nimaga qodir ekanligimni ko'rsatdim", – deb esladi Judjla.


Hujum qanotida joy yo'q edi, shu sababi Judjlaning poziciyasini ham o'zgartirishdi – "Elche"ga qarshi o'yinda hujum markaziga tushirishdi. U yarim yil ichida "Espanol" o'rinbosarlar jamoasida keraksiz vingerdan "Barselona"ning asosiy tarkib markaziy hujumchisigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi.


"Xavi meni hujumchi sifatida ko'rdi. "Barsa"da forvardlar yo'q edi, Xavi esa Lyuk De Yongga unchalik ishonch bildirmagandi. SHu sabab menga markazda o'ynashni taklif etishdi", – deydi Judjla.



Judjla ajoyib boshladi – "Elche"ga gol urdi. Ammo, unga faqatgina to'rtta o'yin berishdi. SHundan so'ng yana o'rinbosar safiga o'tkazishdi, bu Obameyangning transferi sabab sodir bo'ldi. Ferran esa ajoyib o'yin namoyish etdi (17ta o'yinda 15+2), u o'z mavqeini sezilarli darajada yaxshiladi va unga boshqa imkoniyat berishmaganidan ranjidi.


Hujumchi Laportaning "richagi", Levandovskining transferi haqida va asosiy tarkibdagi katta o'zgarishlar haqida o'qidi. Yakunda esa ketishga qaror qildi.


"Barsa"ga ikki yoki uch yildan so'ng qaytish uchun eshikni yopmayman", – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.



Belgiya OAVning malumotiga ko'ra, Ferran Judjla "Byurgge"ga o'tganidan so'ng faqat bitta narsani orzu qildi – CHLda "Barselona", "Real" yoki "Atletiko" bilan tushish.


Ferran – "Bryugge"ning eng yaxshi to'purari (butun Belgiya chempionatida ham yuqori o'rinlarda), Ispaniya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kirdi, shuningdek "Portu" va "Atletiko" o'rin olgan CHL guruhida birinchi o'rinda bormoqda...


O'tirib oling: "Bryugge" – "Bavariya" va "Real" darajasida


Yana biroz yuqori darajadagi statistikalar haqida.


• "Byurgge" uchta "quruq" g'alabalarga erishdi – faqatgina "Bavariya" va "Real" to'p o'tkazib yubormagan, ammo "Madrid" bitta kam o'yin o'tkazgan.



• "Bryugge" saralashning to'rtinchi savatchasida. Klub o'tgan mavsum "Man Siti", PSJ va "Leypcig" o'rin olgan guruhda munosib ishtirok etdi – endilikda raqiblar osonroq.


• "Byurgge" keyingi turdayoq 1990 yildan beri ilk bor CHL pley-offiga chiqishi mumkin, o'shanda musobaqa Evropa chempionlari kubogi deb atalardi. O'shanda shiddatli o'yinda "Milan"ga yutqazishgan.


Hozirda belgiyaliklarga yana bitta g'alaba kerak.


"Atletiko"chi? CHolo tushkunlikka tushgani yo'q. "Biz yaxshi o'ynadik, birinchi taymda vaziyatni nazorat qildik va xohlaganimizdek harakat qildik. Bizda 2 yoki 3ta golli vaziyatlar bo'ldi. Raqib esa birinchi imkoniyatdanoq foydalanib ketdi, – dedi argentinalik murabbiy o'yindan so'ng.


Oblak ikkinchi taym boshida muhim seyvni amalga oshirdi, keyin esa "katta sahnaga" "Byurgge" darvozaboni Minole chiqdi. O'yinimizda jihatlar ko'p. Biz ko'plab vaziyatlar yaratyapmiz va oldinga borishda davom etyapmiz. Penaltidan gol ura olmadik. Taslim bo'lish kerak emas. Bizning o'yiniimizda yaxshi narsalar ko'p, ammo bizda allaqachon to'g'rilanishimiz kerak bo'lgan narsalar ham etarlicha".



Madridliklarning imkoniyati – Madridda guruh etakchilariga qarshi o'yin.


"Bryugge" – "Atletiko" 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 36 Soua, 2:0 – 62 Judjla.

"Bryugge": Minole, Odoi, Mexele, Silla (Spilers, 89), Meyer (Sobol, 78), Nilsen, Vanaken, Nvadike, Byukenen (Balanta, 79), Soua, Judjla (Nusa, 86).

"Atletiko": Oblak, Molina, Savich, Ximenes (Kondogbia, 46), Reynildu, Lorente (Korrea, 33), Karrasko (Joau Feliks, 80), Koke, Vitcel, Grizmann, Morata (Mateus Kunya, 65).

Ogohlantirishlar: Simeone (29), Odoi (37), Nvadike (45), Reynildu (53), Savich (61), Byukenen (70), Minole (75), Silla (88).


Club Brugge

Kamal Sowah - 36', Ferran Jutgla - 62'

Champions League Grp. B . 3-tur

05/10/2022, 01:00

0
:
2
Tugadi

Atletico Madrid

Stadion: Jan Breydel Stadion, 25667 tomoshabin

Bosh hakam: Istvan Kovacs

45'
90'
36'  Kamal Sowah
36'  Ferran Jutgla
37'  Denis Odoi
45'  Raphael Onyedika
62'  Ferran Jutgla
62'  Tajon Buchanan
70'  Tajon Buchanan
75'  Simon Mignolet
78'  Bjorn Meijer (Eduard Sobol)
78'  Tajon Buchanan (Eder Alvarez)
86'  Ferran Jutgla (Antonio Nusa)
88'  Abakar Sylla
89'  Abakar Sylla (Jorne Spileers)
33'  Marcos Llorente (Angel Correa)
46'  Jose Gimenez (Geoffrey Kondogbia)
53'  Reinildo
61'  Stefan Savic
65'  Alvaro Morata (Matheus Cunha)
76'  Antoine Griezmann
80'  Yannick Carrasco (Joao Felix)



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика