Braziliya U-17 rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
14 noya 2023, 22:10
Braziliya terma jamoasi U-17 jahon chempionatida rekord o'rnatdi.

Gap shundaki, Yangi Kaledoniya termasini 9:0 hisobida mag'lub qilgan braziliyaliklar raqib posti tomon 81 marta zarba yo'llashgan. Bu JCH U-17 tarixida bir o'yinda bir jamoa tomonidan eng ko'p zarba berilgan o'yin bo'ldi.

Bunga qadar bo'lgan eng yaxshi natija 2013 yilgi mundialda qayd etilgan. O'shanda Kamerun termasi Yangi Zelandiya darvozasiga 41 bora zarba yo'llagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta