Braziliya termasiga ilk bor chaqirilgan Joelinton ko'z yoshlarini tiyib turolmadi
30 may 2023 11:28
Yangiliklar
Braziliya termasiga ilk bor chaqirilgan Joelinton ko'z yoshlarini tiyib turolmadi
Yig'inga "Nyukasl" hujumchisi Joelinton ham jalb qilindi. U Braziliya OAVga tasirli intervyu berdi.
"Men plyajga ketmoqchi edim, rafiqam esa Braziliya tarkibi elon qilinishini kutishimni so'radi. Agar chaqiruv olmasam, xafa bo'lishim mumkinligi, plyajda esa bu xayolimda bo'lmasligi haqida o'ylagandim.
O'z ismimni eshitganimda, yig'lab yubordim.
SHu paytda o'ziga xos mag'rurlik his etdim. Aliansaga Evropaga kelish, Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olish... Bu lahza haqida faqat orzu qilish mumkin.
Miyamda qanday yashaganim va umuman, hammasi haqida film bor.
SHu yo'llarni bosib o'tganimdan, boshdan kechirib o'tganlarimdan faxrlanaman", – dedi hujumchi.
Braziliya terma jamoasi vaqtinchalik bosh murabbiyi Ramon Menezes Gvineya (17 iyun) va Senegal (20 iyun)ga qarshi o'rtoqlik bahslari uchun quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:
Darvozabonlar: Alisson ("Liverpul"), Ederson ("Manchester Siti"), Veverton ("Palmeyras").
Himoyachilar: Danilo ("Yuventus"), Vanderson ("Monako"), Aleks Telles ("Sevilya"), Ayrton ("Flamengo"), Eder Militao ("Real"), Ibanes ("Roma"), Markinos (PSJ), Nino ("Fluminense").
Yarim himoyachilar: Andre ("Fluminense"), Bruno Gimaraynsh ("Nyukasl"), Kazemiro ("Manchester Yunayted"), Joelinton ("Nyukasl"), Lukas Paketa ("Vest Xem"), Rafael Veyga ("Palmeyras").
Hujumchilar: Malkom ("Zenit"), Vinisius Junior ("Real"), Rodrigo ("Real",) Roni ("Palmeyras"), Risharlison ("Tottenxem"), Pedro ("Flamengo").
Fikrlar