Braziliya terma jamoasi ustozi: "Argentinaning mag'lubiyati bizni o'ylantirib qo'ydi"
23 noy 2022 23:20
Yangiliklar
Braziliya terma jamoasi ustozi: "Argentinaning mag'lubiyati bizni o'ylantirib qo'ydi"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Serbiyaga qarshi bo'ladigan JCH-2022 o'yini haqida fikr bildirdi.
"Kuchli raqibga ustunlik bermaslik uchun tarkib haqida gapirmayman. Doimiy maqsadim o'z futbolchilarim sifatidan kelib chiqib o'yin tashkil qilish. Men qaror qabul qialman, ular kimgadir yoqishi yoki yoqmasligi mumkin.
Saralash bo'yicha muhokama qiladigan bo'lsak, biz eng ko'p gol urib, eng kam to'p o'tkazamiz. Hozir Rossiyadagi JCH oldidan hayajonlangandek hayajonlanmayapman. Biroq biroz bosim bor.
JCH g'olibligini orzu qilish yaxshi, ammo qolganlar ham futbol o'ynay olishini hisobga olib, bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.
Argentinaning Saudiya Arabistonidan uchragan mag'lubiyati bizni o'ylantirib qo'ydi. Mundialda engil o'yinlar bo'lmaydi" - deydi Tite.
Fikrlar