So’nggi yangiliklar

02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  2 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  4 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1 21:25Мартинес "Астон Вилла" билан шартнома имзолади  1 21:06БУМ! Роналду YouTube'да канал очди ва рекорд қўйди  3

Braziliya prezidenti mamlakat futbol ishqibozlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida qo'shiq kuyladi Yangiliklar

Braziliya prezidenti mamlakat futbol ishqibozlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida qo'shiq kuyladi

Braziliya prezidenti Dilma Rusef mamlakat terma jamoasining JCH-2014 yarim finalida Germaniyadan yirik hisobda engilganidan so'ng mahalliy ishqibozlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida samba uslubida qo'shiq kuyladi.
Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Rusef taniqli braziliyalik bastakor Paolo Vanzolinining Pick Yourself Up qo'shig'idan bir necha bandni kuylagan.

Braziliya terma jamoasi Germaniyaga qarshi JCH-2014 yarim final o'yinida 1:7 hisobida mag'lub bo'lgandi, bu besh karra jahon chempionlarining mundiallar tarixidagi eng yirik mag'lubiyatidir.

O'yindan so'ng g'azablangan ishqibozlar San-Paulu shahrida bir necha avtobus va mashinalarni yoqib yuborishgandi. Ushbu hodisa va Resifidagi tartibsizliklardan tashqari, Braziliyaning mag'lubiyati sabab boshqa ko'ngilsizliklar yuz bergani yo'q.

Rusefning bir qator raqiblari Braziliya terma jamoasining ushbu mag'lubiyat uning oktyabrda bo'lajak prezidentlik saylovlaridagi shaxsiy mag'lubiyatining debochasi bo'lganini takidlashdi. Bunga javoban amaldagi prezident futbol va siyosatni bir-biriga aralashtirmaslikka chaqirdi.

Braziliyadagi jahon chempionati arafasida mamlakatni ommaviy norozilik namoyishlari qamrab olgandi. Namoyishchilar mundialni o'tkazish uchun juda katta xarajatlar qilinayotganiga nisbatan etiroz bildirishgan edi.

JCH-2014 finalida Germaniya terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib boradi. 3-o'rin uchun o'tkazilgan o'yinda esa Braziliya terma jamoasi Gollandiyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика