BRAZILIYA - CHILI 1:1 (pen. 3:2). MATNLI TRANSLYACIYA
29 iyu 2014 00:02
Yangiliklar
BRAZILIYA - CHILI 1:1 (pen. 3:2). MATNLI TRANSLYACIYA
Mundialning pley-off bosqichiga ham etib keldik. Bu bosqichni musobaqa mezbonlari hamda CHili terma jamoasi o'rtasidagi bahs ochib berdi.
JCH-2014. 1/8 final
BRAZILIYA – CHILI 1:1 (pen. 3:2)
Belu-Orizonte. “Mineyrao” stadioni.
Hakam: Xovard Uebb (Angliya)
Qanotlardagi hakamlar: Maykl Mallarki, Darren Kenn
Zahiradagi hakam: Feliks Brix
Gollar: David Luis 18 - Sanches 32
Braziliya: Julio Sezar, Dani Alvesh, Tiago Silva, David Luis, Marselo, Fernandino (Ramires, 72), Luis Gustavo, Oskar (Villian, 106), Xalk, Fred (Jo, 64), Neymar.
CHili: Klaudio Bravo, Euxenio Mena, Maurisio Isla, Gari Medel (Xose Roxas, 108), Gonsalo Xara, CHarlz Arangis, Fransisko Silva, Arturo Vidal (Maurisio Pinilya, 87), Marselo Dias, Eduardo Vargas (Felipe Guterres , 57), Aleksis Sanches.
Ogohlantirishlar: Xalk 55, Luis Gustavo 60, Jo 93, Dani Alvesh 105 - Mena 17, Fransisko Silva 40, Pinilya 102
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Bugungi fantastik o'yin uchun har ikki jamoaga ham minnatdorchilik bildiramiz. Qoyil!
Julio Sezarga ham alohida raxmat aytsa arziydi. Ikkita zarbani qaytarib berdi. Bravo Julio Sezar!
Neymar yig'lamoqda, u terma jamoasining hal qiluvchi zarbasini berdi. Endi o'z hissiyotlariniyig'lab chiqarib oladi. U ham, sheriklari ham.
Xaraning zarbasi ustunga tegdi.
Vouuuuuuuuuu, Braziliya chorak finaldaaaaa...... To'ylar muborak Braziliya muxlislari!!!
Gooool, Neymar, 3:2.
Gooool, Diaz, 2:2. Mana buni o'yin desa bo'ladi.
Xalkning zarbasi va Bravooo oyoqlvari bilan qaytardi, 2:1.
Goool, Arangiz, 2:1.
Goool, Marselo, 2:0.
Fantastika, gallaktika... Julio Sezaaaar, yana qaytardi, hali ham 1:0.
Ana xolos, Villian to'pni darvoza tomon noto'g'ri tepdi. Haliyam 1:0.
Julio Sezaaar qaytardi, fantastika... 1:0.
Pinilya...
Goool, David Luis, 1:0.
David Luis tepadi birinsi
Hayajonli daqiqalar.... Qo'llarim klavisha ustida qaltiramoqda....
Hozir g'irt Odil Ahmedovga o'xshaydigan Paulino sheniklarini ruxlantirib chiqdi.
Demak, o'yin 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi, endi penaltilar seriyasini ko'ramiz. Neymar - Sanches va Sezar - Bravo qarama-qarshiligi. Ko'ramiz kimning asablari bunday bosimni ko'tara olarkin.
Uchrashuvning so'nggi daqiqalari ajoyib tarzda o'tdi.
120+2. Ramiresdan erlatib berilgan zarba biroz noaniq ketdi.
120. Pinilyadan zarbaaa va to'sin qutqarib qoldi Braziliyani.
120. Xalkdan navbatdagi zarba, juda noaniq.
118. CHili futbolchilari to'pni qayoqqa to'g'ri kelsa, o'shayoqqa tepib yuborishmoqda.
115. Braziliya raqibni jarima maydoniga qamab qo'ydi.
113. Diazning urinishi ham besamar ketdi.
112. Dani Alveshdan zarba ko'rdik, samarasiz.
111. Hozirgina maydonga tushgan Roxas tepib ko'rdi, ancha yuqoridan.
110. Qo'chqorlarning ikkitasi cho'zilib yotibdi. )
108. Medel jarohati borligi uchun almashtirildi. Uning ko'zlarida yosh...
106. Neymarning pasini Gari Medel Van Persi uslubida bartaraf etdi.
O'yindagi so'nggi bo'lim boshlandi.
Oskar o'rniga Villian maydonga tushdi.
Uchinchi bo'lim ham tugadi.
105+2. Aleksis Sanchesning zarbasi noaniq.
105+1. Alvesh Pinilyani yiqitdi va sariq oldi.
103. Xalkdan navbatdagi zarbaaa, Bravo bugun seyv qilishdan charchamayapti.
102. Xalk to'pni o'ng qanotdan uzatdi, Oskarning bosh bilan bergan zarbasini Bravo ushlab oldi.
100. CHili hujumga o'tishga shoshilmayapti va payt poylamoqda.
95. Diaz uzoq masofadan to'g'ri darvozaga tepgan edi.
94. Ramires Sanchesning yiqilishiga sababchi bo'ldi.
93. Bravo hamda Jo to'qnashib ketdi. Hammasi joyida.
92. Neymar jarimadan to'g'ri zarba bergandi, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
91. Xalk faol bo'lishni so'rab stadiondagi muxlislarga murojaat qildi.
Qo'shimcha bo'limlar boshlandi. Davom etamiz.
Skolari Neymarga ko'rsatma bermoqda, urmasang Oltin to'pni tushingda ko'rasan deyapti.
Har ikki terma jamoa bugun bizga ajoyib o'yin namoish etib berishmoqda. Tasanno!
Endi sizlar bilan qo'shimcha ikki taymni, unda ham durang saqlanib qolsa penaltilar seriyasini tomosha qilamiz.
Asosiy vaqt tugadi.
90+1. CHili juda ham xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi.
90. Asosiy vaqtning so'nggi jaqiqasi ham yakunlandi.
89. Mena to'pni jarima maydonchasiga havodan uzatib bermoqchi bo'lgandi, o'xshamadi.
87. Arturo Vidal o'z o'rnini Pinilyaga bo'shatib berdi.
84. Xalk 3 raqibni aldab o'tib zarba berdi, bu safar ham Bravo o'zini ko'rsatdi. Skolari shogirdlari qo'shimcha taymlargacha olib bormoqchi emaslar o'yinni.
81. Braziliya keskinlashtirdi hujumlarni. Neymar darvozabonning o'ziga tepdi.
To'pni ber mengaaa, bo'lmasa tomog'ingdan olaman.
O'yin durangga qarab ketayotgandek tuyulmoqda. O'tkir hujumlar oxirgi marta bo'lganida men hali uylanmagan edim. Exxe, aaancha bo'libdi.)
76. Xalk chapdan kirib borib zarba berdi, yana va yana noaniq.
74. Jo o'undoqqina to'pga oyoq qo'yib qolsa bo'ldi edi, eta olmadi.
73. Hujumlar ayni paytdagi shakarga o'xshab kayib ketdi.
72. Fernandino o'rniga Ramires tushdi.
67. Bu safar Dani Alvesh "qovun" tushirdi, to'pni shundoqqina raqibga tashlab berdi, baxtiga sherishlari "tozalashdi".
64. Julio Sezardan fantastik seyv, aql bovar qilmaydi. Arangisning juda kujli zarbasini qaytarib yubordi.
64. Mo'ylovli Fred o'rniga bo'ydor Jo tushirildi.
CHili ushbu mundialda 5 ta golidan 4 tasini birinchi bo'limda kiritgan edi. mana bugun ham birinchi 45 daqiqalikni ular golsiz tark etishmadi.
60. Gustavo Arturo Vidalni qaldi va u ham ogohlantirildi.
58. Asablar junbushga kela boshladi.
55. Xalk gol urgan edi, lekin undan oldin qo'li bilan o'ynagan ekan. Sariq oldi evaziga.
51. Sanches hujum rivojini yaxshi o'ylagan edi, sheriklari tushunishmadi. Tinimsiz hujumlar davom etmoqda.
49. Fernandinodan kuchli zarba, salgina noaniq.
48. Vargasning to'p oshirishini Sezar urib yubordi.
47. Maydonda ikkitasi cho'zilib yotgan edi. Biri Marselo, ikkinchisi Vidal.
Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Imkon shou"ni davom ettiramiz. )
Birinchi bo'lim statistikasi
To'p bilan muomala 43 - 57 (%)
Qoida buzish 14 - 4
Zarbalar 10 - 6
Aniq zarbalar 6 - 2
TV da Kangoning reklamasi ketmoqda. Injiqlik qilayotgan jiyanchalarni "aldash" uchun bundan yaxshi vosita topa olmaysiz. )
Tanaffus paytida tomoqni xo'llab keling. Keyin vaqtingiz bo'lmaydi. O'yin shunday tempda davom etayaptiki, bunday jangni qimirlamay tomosha qilish darkor.
Eng chetdagisi 3D ko'zoynak taqib olganmi deyman )
Xovard Uebb xushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif etdi.
45+1. Voy-doood, bu o'yinni ko'rmaganlar battar bo'linglar. Bu daxshat o'yin bo'layapti. Fernadino "qovun" tushirgan edi, Julio Sezar uning xatosini yopib yubordi.
44. Avvaliga Fredning zarbasini himoyachi qaytardi, keyin Xalkning urinishi o'xshamadi.
42. Alveshdan super zarba va Bravodan super seyv.
39. Freddd, erga bosib zarba bersa bo'ldi edi. Mo'ylov qo'yguncha gol ur. )
38. David Luis o'zi chalib, yana jaxl ham qilib qo'ydi. CHidaganga chiqargan jingalakvoy... )
36. Neymarning bosh bilan bergan zarbasi va burchak. Ketma-ket zarbalardan esa foyda bo'lmadi.
Yulduzlardan iborat himoya qo'rg'oni qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
Bir qarashda hech qanday xavf yo'q edi, bu gol o'zimizni birinchi ligadagi himoyachilarning "opkepqo'yishlari"ni eslatib yubordi.
32. Gooooooollllll, Aleksis Sanchessss, 1:1.
32. CHili kichik "shturm" uyushtirmoqda.
29. Qoida buzildi, voqealar markazida yana Neymar. Bu safar Vidal uni yiqilishiga sabab bo'ldi. Turaqol, butun Braziliya senga ko'z tikkan.
28. Stadion kuylamoqda!
26. Neymardan ajoyib yurish, lekin juda ham noaniq zarba.
Golni Xara o'z darvozasiga kiritib yubogan ekan, lekin fifa rasmiy saytida Luisga yozildi gol, har holda hozircha shunday.
23. Nima bo'lgan bu Neymarga, yana yiqildiya. Qattiqroq shamol bo'lsa ham lo'p etib yiqilaverarkanda.
22. CHili standartdan foydalana olmadi.
Neymar burchakni amalga oshirdi, Silva esa to'pni Luisga boshi bilan tashlab berdi. Luis ham bosh bilan gol urdi, inglizcha uslubdagi gol.
18. Gooooooollllll, David Luissss, 1:0. Jingalak sochi, jingalak...
18. Xalkning zarbasiii, Bravoga "bravo"!!!
16. Neymar juda yaxshi vaziyatga chiqib bordi, uzoq vaqt sherigini kutdi va noaniq pas oshirdi.
O'yinda qoida buzishlar ko'p uchramoqda, tempga mos.
15. Neymarning zarbasini Bravo ushlab oldi.
14. Neymar yaqin masofadan jarimani amalga oshiradi.
13. Xalk jarima maydonida yiqilib tushdi, Isla bunga yordamlashib yuborgan edi, lekin penaltiga tortmadi.
12. Marselo himoyadan ko'ra ko'proq hujumda yuribdi.
12. Fernandino yana o'yin qoidasini buzmoqda, uning o'yinidan sariq kartochkaning isi kelmoqda.
11. Xavfli vaziyat, Sanches nimadir qilishi mumkin edi.
Braziliyalik girgittonlar
8. CHili hujumga o'tdi, havodan pas o'xshamadi.
Neymarga nima bo'ldi, o'yna jon uka, fifa.uz dagi jamoamda sardorsan-a. )
7. Diasdan Marseloga javob zarbasi, huddi Marselonikidek noaniq chiqdi.
6. Xalk burchakni amalga oshirdi, Marseloning zarbasi noaniq.
4. Neymarni yiqitishdi, bu umumiy hisobda 10 marta yiqitishlari uni.
3. Xovard Uebb Fernandinoni ayadi, shartta sariq bervorsa ham bo'lardi. Bir kun nonini egan joyingga qirq kun tazim qil deyishgan-ku.
2. CHili jarimani amalga oshirdi, samarasiz.
Demak, o'yin boshlandi. Let's Go!
Hozir jamoalar besh karra besh - 25! deyishdi, aniq eshitdim )
Ikki jamoa sardorlari Tiago Silva hamda Klaudio Bravo maydon markazida odatiy "marosim"ni adog'iga etkazishdi.
- Butun stadion madxiya aytayotganini eshitib etlarim jimirlab ketdi... Vaqti kelib bizni ham ketmonimiz uchib qolar.
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Fotograflarning qo'llaridagi obektivlarni ko'rib, Nodir akani yangi olgan obektivlarini ruxsatsiz olib ko'rdim. ) Ja unchalik katta emasku, lekin bizni sharoit uchun super fotoapparatlar. )
- Bugungi uchrashuvni siz azizlar uchun yuzida tabassum ila Tolibjon Qosimov sharxlab boradi. Tabassum ustaxonamizdan faqat tabassum izlang... )
- Assalom alaykum qadrli futbod ishqibozlari! Tabassum ustaxonasidan gapiramiz va yozamiz. )
- Uchrashuv 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar