"Brayton" bosh murabbiyi: "Idealga yaqin o'yin ko'rsatdik"
04 fev 2021 23:09
Yangiliklar


"Brayton" bosh murabbiyi: "Idealga yaqin o'yin ko'rsatdik"
"Brayton" bosh murabbiyi Grem Potter APL doirasida "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
"Fantastik natija, fantastik o'yin, futbolchilar fantastik darajada harakat qilishdi. Ular nafaqat kurashishdi, balki, hujumdagi harakatlari bilan ham ajralib turishdi.
"Enfild"da g'alabaga erishish uchun idealga yaqinroq darajada o'yin ko'rsatish kerak. Menimcha, biz buni uddalay oldik. Hujum qilishga, yaxshi futbol o'ynashga harakat qildik.
Yaxshi seriya qilib oldik. Endi shu ruhda davom etishimiz kerak. Ligada barcha narsa tez o'zgarib ketadi. Nima bo'lsa ham, bugungi tun bizniki", - dedi Potter.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar