Braun: "MYU Sancho bilan shartnoma imzolasa, ajoyib ish bo'lardi"
21 iyu 2020 11:40
Yangiliklar


Braun: "MYU Sancho bilan shartnoma imzolasa, ajoyib ish bo'lardi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ues Braun Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Jeydon Sancho haqida gapirdi.
"Iqtidorli va azartga boy futbolchi. MYUga shunday futbolchi kerak.
Uzoq yillar davomida bizda ham shunday futbolchilar bo'lgandi. Agarda MYU Sanchoni jamoaga olib kela olsa, bu jamoaga azartni qaytarib beradi. Jamoa uchun bu ajoyib holat bo'lardi.
Oldinlari Krishtianu Ronaldu tarkibimizda o'ynardi. U va Sancho kabi futbolchilar uch-to'rt futbolchini aldab o'tib keta olishadi va jamoadoshlariga ko'proq yordami tegadi.
Agarda MYU ushbu transferni amalga oshirsa, ajoyib ish bo'lardi", - dedi Braun.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar