"Borussiya" Xolandni sotmaydi

Alisher
28 iyul 2021, 18:24
Dortmundning "Borussiya" klubi direktori Sebastyan Kel norvegiyalik hujumchi Erling Xolandning kelajagi haqida gapirdi.

Oldinroq, forvardning yozda "arilar" safini tark etishi mumkinligi aytilgan edi.

"Erling Dortmundda qoladi. Klubimiz uni sotmoqchi emas", - deydi boshqaruvchi.

Erling o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 6ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano