"Borussiya M"ning yangi libosi o'zgacha uslubda yaratildi
17 may 2019 15:01
Yangiliklar


"Borussiya M"ning yangi libosi o'zgacha uslubda yaratildi
Evropa klublari birin-ketin yangi mavsum uchun liboslarni taqdim etishni boshlab yuborishgan.
Germaniyaning "Borussiya" (Myunxengladbax) jamoasi ham yangi mavsum uchun uy formalarni taqdim etdi.
Yangi libos o'zgacha uslubda yaratilgan. Yani, muxlislar sharafiga pirotexnika vositalaridan foydalanganda yuzaga keladigan rangli tutun tushirilgan.
Ushbu libosni "Borussiya M" rasmiy saytidan onlayn tarzda 84.95 evroga sotib olish mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar