"Bornmut" LaLiga klubidan futbolchi sotib oldi
25 iyu 2018 14:10
Yangiliklar
"Bornmut" LaLiga klubidan futbolchi sotib oldi
"Leganes" himoyachisi Diego Riko faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradi.
25 yoshli ispaniyalik "Bornmut" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Oldinroq, futbolchining transferi 12 mln. evroni tashkil qilishi elon qilingan edi.
So'nggi mavsum Riko LaLiganing 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
Fikrlar