So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  0 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  3 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  7 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  7 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0

"Bo'rilar" ham, "qaldirg'ochlar" ham xursand bo'lishdi Yangiliklar

"Bo'rilar" ham, "qaldirg'ochlar" ham xursand bo'lishdi

18 noyabr kuni ayollar chempionatining navbatdagi mavsumi yakunlandi.

CHempionlar to'qnashuvi

Oliy liganing 2021 yilgi mavsumini mamlakatimizning amaldagi ("So'g'diyona-W") va sobiq ("Bunyodkor-W") chempionlari o'rtasidagi uchrashuv tugatib berdi (0:1).

Ushbu bahsning ko'ngildagidek yoritilishini taminlash maqsadida O'zPFL poytaxtdan bir guruh jurnalistlarni Jizzaxga taklif qildi. O'yin ham shunga mos ravishda ancha qizg'in o'tib, munozarali vaziyatlarni ham yuzaga keltirdi.

Uchrashuv hakamlarga ataldi (?)

O'yindagi yagona gol "Bunyodkor" vakilasi Aziza Norboeva tomonidan urildi. SHu tufayli u maydondagi asosiy figura sifatida eslanishi kerak edi. Ammo hakamlar brigadasi bunga yo'l qo'ymaydigan bo'ldi. 

Gap bellushuv taqdirini o'zgartirib yuboruvchi qo'pol xatolar haqida ketyapti. Mezbon jamoa rasmiylari 2 epizodda (offsayd tufayli hisoblanmagan gol va 67-daqiqada belgilanmagan penalti) uchrashuvni boshqargan Roziyabonu Yusupovaning manziliga keskin etirozlarini yo'llashdi. O'z navbatida referi jizzaxliklar ustozini dastlab ogohlantirdi, keyin qizil kartochka bilan jazoladi. 

Ammo, ming afsuski, takroriy lavhalar SHerali Boboqulovning etirozlarida jon borligini tasdiqlagandek ko'rinyapti. Hakamning xatolari "So'g'diyona"ning toza golini yo'q qilib, qo'shimchasiga yana bitta potencial gol (penalti)dan mahrum qilgandek...

Hamma xursand bo'ldi

Ha, Roziyabonu Yusupovaning yakuniy hushtagi chalinganidan keyin barchada bayram kayfiyati paydo bo'ldi. Elmira Gulyamova boshchiligidagi "Bunyodkor" asosiy raqibdan tortib olingan 3 ochkoni nishonlagan bo'lsa, SHerali Boboqulov shogirdlari oltin medallarni qutlashdi.

Taqdirlash marosimida "Bunyodkor-W" qizlariga chempionatning kumush medallari topshirildi.

"Bo'rilar" forvardi Diyoraxon Habibullaeva chempionatning eng yaxshi to'purariga aylandi.

"So'g'diyona-W" ayollar klublari o'rtasidagi Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar mamlakat kubogi finalida ham o'zaro to'qnash kelishadi (23 noyabr kuni poytaxtda). O'tkazib yubormang!

Endi esa Oliy ligamiz uchun maxsus ishlab chiqilgan kubokni tomosha qiling.

4 yil oldin tashkil topgan klub qisqa muddat ichida mamlakat chempionatini yutdi. Bu kimning xizmatlari mevasi ekanini bilasizmi?

MAQOLA: Jizzaxga chempionlik ruhini olib kirgan murabbiy 

Muallif :
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика