"Bolton" "Barselona" ustidan FIFAga arz qildi. Klub Alonsoning transferidan o'z ulushini talab qilmoqda
29 mar 2023 21:45
Yangiliklar
"Bolton" "Barselona" ustidan FIFAga arz qildi. Klub Alonsoning transferidan o'z ulushini talab qilmoqda
"Bolton" klubi "Barselona" ustidan FIFAga arz qildi. Bunga Markos Alonsoning transferi sabab bo'lgan. Ingliz klubi Alonsoni tarbiyalashda ishtirok etgan klub sifatida birdamlik to'lovi talab qilmoqda.
Malumot uchun, Markos Alonso o'tgan yozda "Barsa"ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Biroq, arz qilgan klublarning qayd etishicha, o'sha payt aslida "CHelsi" va "Barsa" ikki futbolchini o'zaro almashtirgan (Markos Alonsoni Obameyangga va qo'shimcha 12 mln evro).
FIFA qoidalariga ko'ra, biror futbolchi har safar transfer qilinganda o'yinchi 12 yoshidan boshlab shug'ullungan klublariga birdamlik mexanizmiga ko'ra, malum miqdorda pul to'lab berilishi kerak.
Malumot uchun, Markos Alonso 2010/2011 yilgi mavsumda "Bolton"da harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar