"Bolton" "Barselona" ustidan FIFAga arz qildi. Klub Alonsoning transferidan o'z ulushini talab qilmoqda

Administrator
29 mar 2023, 21:45
Futbolchini tarbiyalashda ishtirok etgan klublar birdamlik mexanizmiga ko'ra, "Bolton" Alonsoning transferidan ma'lum summa olishni maqsad qilgan.

"Bolton" klubi "Barselona" ustidan FIFAga arz qildi. Bunga Markos Alonsoning transferi sabab bo'lgan. Ingliz klubi Alonsoni tarbiyalashda ishtirok etgan klub sifatida birdamlik to'lovi talab qilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Markos Alonso o'tgan yozda "Barsa"ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Biroq, arz qilgan klublarning qayd etishicha, o'sha payt aslida "Chelsi" va "Barsa" ikki futbolchini o'zaro almashtirgan (Markos Alonsoni Obameyangga va qo'shimcha 12 mln evro). 

FIFA qoidalariga ko'ra, biror futbolchi har safar transfer qilinganda o'yinchi 12 yoshidan boshlab shug'ullungan klublariga birdamlik mexanizmiga ko'ra, ma'lum miqdorda pul to'lab berilishi kerak. 

Ma'lumot uchun, Markos Alonso 2010/2011 yilgi mavsumda "Bolton"da harakat qilgan. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: AS