Bolalarsiz kelajak yo'q yoxud “Lokomotiv” futbol maktabiga nazar
01 iyu 2014 14:03
Yangiliklar
Bolalarsiz kelajak yo'q yoxud “Lokomotiv” futbol maktabiga nazar
Har qanday futbol klub kelajagini uning qoshida faoliyat yuritayotgan bolalar va o'smirlar futbol maktabi belgilab beradi.
To'g'ri, kuchli homiy va katta pullar evaziga zamonaviy futbolda sovrinlarni yutish unchalik qiyin ish bo'lmay qoldi. Lekin buning qanchalik uzoq davom etishi xususida bir narsa deyish mushkul.
Masalan, “Bunyodkor”ning oliy ligadagi dastlabki yillarini bir esga oling-a. Klubda pul ko'p edi, natijada Rivaldo, Ziko, Skolari kabi taniqli insonlar taklif etildi. Lekin klub bu bilan to'xtab qolmadi va shu zahoti futbol akademiyasi ustida ham ishlay boshladi. Klub rahbariyati faqat asosiy tarkibga urg'u berib qolmasdan, o'z navbatida bolalar futboliga ham beetibor qolmadi. Mana endi bugungi kunga kelib bu narsa o'z mevasini bera boshladi.
Pulni deb kelganlar baribir ortga qaytib ketishdi. Futbol klub taqdiri esa baribir o'zimiznikilar qo'lida qoldi. Futbolchilik faoliyatini “Bunyodkor”da tugatgan Sergey Lushan Oleg Belyakov bilan birgalikda murabbiylik kasbini bolalar futbolida ishlashdan boshladi. Tez orada Sergey Ivanovich akademiya direktori etib tayinlandi va yoshi katta guruhni o'zi shug'ullantira boshladi. O'z vaqtida bolalar futboliga berilgan etibor mana endi bugungi kunga kelib o'z mevasini bermoqda. Ayni paytda “Bunyodkor”ning asosiy tarkibini boshqarayotgan Sergey Lushan qo'rqmay Sardor Sobirxo'jaev, Akrom Komilov singari yoshlarni asosiy tarkibga qo'ya boshladi. CHunki u bu futbolchilarni anchadan beri taniydi va ularning imkoniyatlarini to'liq biladi.
Malumki, o'zbek futbolida bolalar bilan ishlash bo'yicha hozir “Paxtakor” etakchilik qilmoqda. Asosiy tarkibning deyarli yarmidan ko'pi o'zining futbol maktabi tarbiyalanuvchilari. Bu borada “Paxtakor”ni mamlakatimizda yaqqol etakchi jamoa deya olamiz. Keyingi o'rinlarda esa “Mashal” bilan “Bunyodkor” bormoqda. Yaxshi bilasiz, “Mashal” ham o'z tarbiyalanuvchilarini etishtirish bo'yicha ancha nom qozongan.
Poytaxt misolida oladigan bo'lsak, “Paxtakor” bilan “Bunyodkor” ancha oldin bolalar futboliga katta etibor berib, allaqachon o'z kelajagini taminlab bo'ldi. Bu ikki klubning yaqin yillarda katta xaridlarni amalga oshirishiga hojat qolmaydi. CHunki futbol maktablari o'z mevasini bera boshladi. Lekin poytaxtning yana bir kuchli jamoasi “Lokomotiv”da bu borada vaziyat qanday? Klubning hozirgi kunda chempionlik uchun kurashayotgani malum. Lekin ertaga nima bo'ladi? Axir klubda har doim katta miqdorda pul bo'ladi deb hech kim baralla ayta olmaydi. Qolaversa, pulsizlik qanday oqibatlarga olib kelishini o'zbek futboli misolida ko'p marta ko'rganmiz.
19-21 iyun kunlari Rossiyaning Barnaul shahrida 2003-2004 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida xalqaro “Lokobol” futbol festivali o'tkazildi. Bunda “Lokomotiv” futbol maktabining 2003 yilda tug'ilgan futbolchilari ham ishtirok etib qaytishdi. Va ular uchinchi o'rin bilan yurtimizga qaytib kelishdi. SHundan so'ng bizda futbol maktab direktori Erkin Saidovdan intervyu olish fikri tug'ildi. SHu o'rinda “Lokomotiv” bolalar-o'smirlar futbol maktabi rahbari haqida qisqacha malumotni keltirib o'tsak.
Erkin Saidov 1982 yilda tug'ilgan. Futboldagi faoliyatini 2006 yil “Mashal” futbol akademiyasida menejer lavozimida boshlagan. 2012 yilning noyabridan “Lokomotiv” futbol klubida ishlab kelmoqda. Rahbariyatning qaroriga ko'ra, 2013 yilning may oyida futbol maktab direktori etib tayinlangan. SHundan beri klub qoshidagi bolalar-o'smirlar futbol maktabini boshqarib kelmoqda.
ERKIN SAIDOV: “BU BIZNING CHETGA BIRINCHI SAFARIMIZ BO'LDI”
- May oyida bizga yosh o'yinchilar o'rtasida o'tkazib kelinadigan “Lokobol” xalqaro futbol festivalida ishtirok etish borasida xat yuborishdi, - deydi Erkin Orifovich. - Keyinchalik biz ushbu xat bo'yicha klubimiz rahbariyatiga murojaat qildik. Eshitgan bo'lsangiz kerak, “Lokobol” turniri har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadi. Bunda “Rossiya temir yo'llari” kompaniyasi bosh homiy hisoblanadi va musobaqa o'tkazishni Moskvaning “Lokomotiv” klubi o'z zimmasiga olgan. Qaerda “Lokomotiv” futbol klubi yoki umuman temiryo'llarga qarashli klub faoliyat yuritayotgan bo'lsa, shu musobaqada qatnashishi mumkin. Biz turnirda uchinchi o'rin bilan qaytdik. Bu bizning safarga birinchi bor chiqishimiz bo'lgani uchun rahbariyat ishtirokimizdan qoniqdi.
- Siz delegaciya rahbari bo'lib bordingiz, shundaymi?
- Ha. U yoqqa 2003 yilda tug'ilgan ftubolchilardan iborat guruhni olib ketdik. Hozir bu guruhga Alisher Bozorov murabbiylik qilmoqda. Futbol muxlislari mahoratli hujumchi Ravshan Bozorovning ukasi Alisher Bozorovni juda yaxshi bilishadi. Biz Rossiyaga 13 nafar futbolchini olib bordik, shuningdek shifokor Oybek Umarov ham hamrohlik qildi. O'yinlarning har bir taymi 20 daqiqadan o'ynaldi. Barcha uchrashuvlar rossiyalik sobiq futbolchi Aleksey Smertinga qarashli futbol maktab binosida bo'lib o'tdi. Biz borganimizda Smertin jahon chempionatini tomosha qilish uchun Braziliyaga ketgan ekan, shu bois o'zi bilan ko'risha olmadik.
- Rossiyaga ketishdan oldin guruh oldiga sovrinli o'rin bilan qaytish vazifasi qo'yilganmidi?
- Yo'q. Klubimiz rahbariyati ham, qolaversa bizning borib kelishimizga yaqindan ko'mak bergan Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Murod Aliev ham faqat sog'-omon borib qaytsanglar bo'lgani deb aytdilar. Yaxshi bilasiz, bu yoshda bolalar oldiga birdaniga natija qo'yib bo'lmaydi. Ular avvalo ftubol o'ynashni o'rganishlari lozim. Lekin shunga qaramay, uchinchi o'rinni olganimizdan rahbariyat mamnun bo'ldi.
BOLALARGA ZARUR SHAROITLAR KERAK
Erkin Saidovning malum qilishicha, “Lokomotiv” bolalar-o'smirlar futbol maktabi 2012 yilda rasman tashkil qilingan. To'g'ri, bungacha ham maktabda ishlab kelayotgandi, biroq rasmiy maqom berilmagandi. Quvondiq Ro'ziev, Sarvar Karimov kabi futbolchilar maktabning ilk qaldirg'ochlari hisoblanadi. Hozir bu erda 12ta guruh faoliyat olib bormoqda. 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar eng katta guruh hisoblanadi, 2007-2008 yillarda tavallud topgan futbolchilar esa eng kichik guruhda shug'ullanishadi.
Ikkita katta guruh Toshkent shahar birinchiligida ishtirok etib kelmoqda. Bular - 1996 va 1997 yilda tug'ilgan futbolchilar. SHu o'rinda futbol maktabida ishlayotgan murabbiylarni keltirib o'tsak.
1996 yilgi guruh - Marsel Idiatulin, Sunnat Abdurasulov
1997 yilgi guruh - Sergey Loshak
1998 yilgi guruh - Yuriy Vintovkin
1999 yilgi guruh - Davron Dosumov, Nizom Nortojiev
2000 yilgi guruh - Alisher Bozorov
2001 yilgi guruh - Ravshan Bozorov
2002-03 yilgi guruh - Alisher Bozorov
2004 yilgi guruh - Dilshod Otamuhamedov
2005-06 yilgi guruh - Saydullo Tursunov
2007-08 yilgi guruh - Sunnat Ro'ziev
Ko'rib turganingizdek, ko'pchilik murabbiylarni taniysiz. Ularning barchasi sobiq futbolchi va futbolni juda yaxshi tushunishadi. Erkin Saidovning aytishicha, o'z vaqtida katta futbol o'ynagan kishining murabbiylik qilishi bolalar bilan ishlashda ancha qo'l keladi. SHu o'rinda “Lokomotiv” bolalar-o'smirlar futbol maktabi bilan bog'liq muammolar ham yo'q emas. Bu eng avvalo bolalar uchun kerakli shart-sharoitlar bilan bog'liq. Xo'sh, sharoit deganda nimani tushunish kerak?
Malumki, biror klub qoshida futbol maktab ochildimi, avvalo bolalar uchun yotoq va ovqatlanish masalasini hal etish kerak bo'ladi. SHundagina viloyatlardan keladigan yosh iqtidor egalari qiynalib qolishmaydi. Masalan, kimningdir Toshkentda tanishi yo qarindoshi bo'lsa futbolga qiziqadigan o'g'li o'sha odamnikida yashab turishi mumkin, ammo endi davr o'zgaryapti, dunyo o'zgarmoqda, professional futbol klublari bundan keyin butunlay boshqacha tizimda ishlashlari shart. Biz o'zbek futbolining kelajagi uchun qayg'uryapmizmi, demak ishni avvalo bolalar uchun sharoit qilib berishdan boshlamasak bo'lmaydi.
Faraz qiling, Toshkentda yashash uchun kimdadir sharoit bor, kimda esa yo'q. Lekin yosh bolakay futbolchi bo'lishni xohlaydi va dadasiga meni “Lokomotiv” futbol maktabiga bering deydi. Agar “Lokomotiv” ham “Bunyodkor” va “Paxtakor”dan o'rnak olib bolalar yotib yashashi hamda tayinli rejim asosida ovqatlanishi uchun rosmana futbol maktabini barpo etsa bormi, keyinchalik klub sharafini himoya qiladigan yaxshi o'yinchilarni etkazib bersa bo'ladi. Bu borada maktab direktori Erkin Saidovdan so'raganimizda, uning o'zi ham fikrimizga qo'shildi va hozir shu bo'yicha harakatlar olib borilayotganini aytib o'tdi.
Maqolamiz so'nggida yana mavzu boshida aytib o'tilgan gaplarga qaytamiz. “Lokomotiv” hozir oliy ligada chempionlik va O'zbekiston Kubogida g'olib bo'lish uchun kurash olib bormoqda va buni hech kim inkor etolmaydi. Klubning maqsadi aniq: kelasi yil Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish. Aytib o'tganimizdek, “Lokomotiv”ga homiylik qiluvchi tashkilot moliyaviy jihatdan ancha baquvvat hisoblanadi. SHunday ekan, klub faqat bugunni o'ylamasdan ertangi kun haqida ham bosh qotirishi lozim bo'ladi. Buning uchun esa birinchi navbatda bolalar va o'smirlar futbol maktabiga jiddiy etibor qaratishi talab etiladi. CHunki bolalar - bizning kelajagimiz va ularsiz o'zbek futbolining ertasini tasavvur qila olmaymiz. Agar yaqin yillarda “Lokomotiv”da ham zamonaviy shart-sharoitlarga ega futbol maktabi qurib berilsa, o'ylaymikzki, shunday klubning kelajagi hech kimni xavotirga solmaydi.
Xayrulla XOLIQOV.

Fikrlar