So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  12 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

Bobur Zuxriddinov: “O'zbek futbolida selekcionerlarning o'zi yo'q” Yangiliklar

Bobur Zuxriddinov: “O'zbek futbolida selekcionerlarning o'zi yo'q”

Toshkentning “Obod” jamoasini birinchi ligadan oliy ligaga olib chiqqan Bobur Zuxriddinov ayni damda “Bunyodkor” akademiyasida faoliyat olib bormoqda.

“Obod” jamoasi bilan hayrlashgan yosh murabbiy shu paytgacha nimalar bilan mashg'ul bo'ldi? barcha savollarga javob olish Zuxriddinov bilan suhbatlashdik.

-  Bir muddat “Obod” jamoasida faoliyat olib borgansiz. Ayni damda nimalar bilan mashg'ulsiz?

-  Ayni damda “Bunyodkor” akademiyada faoliyat olib boryapman. Hozir bolalar futbolida ham kattalar futbolida ham o'zgarishlar bo'lmoqda. O'zim yoshlar bilan ishlayotganim uchun yangicha mashg'ulot jarayonlari ustida ish olib boryapman. U erda ko'plab tajribali murabbiylar ish olib boradi. Ularni maslaxati bilan u erda ko'p narsani o'rganyapman. Bolalar futoliga “Bunyodkor”da etibor yuqori darajada. SHart-sharoitlar alo darajada yaratib berilgan. Mashg'ulot o'tkazish barcha narsa etarli. SHunga qarab akademiyaga ko'plab bolalar tashrif buyuradi va ularning orasidan eng zo'rlarini saralab olamiz.

-  Hozirgi kunda bolalar futboli qay darajada o'sishga erishdi?

-  Etarli darajada o'sishga erishdik deb o'ylayman. CHunki yosh futbolchilarimiz ko'p chiqyapti. Misol uchun oldingilardan Temur Hakimov, Abbos Maxsitaliev, Jasur Hakimov, Sardor Sobirxo'jaev kabi futbolchilar etishib chiqqan.


-  SHu erda gapingizni bo'laman. Siz sanab o'tgan futbolchilar Meksika qaxramonlari hisoblanishadi. Ushbu futbolchilar hozir qaerda? Sizningcha ular o'sishga erishdimi?

-  Bolalarni tayyorlab berish darajasi yuqori deb bekorga aytmayapman. O'sha futbolchilarni alo darajada tayyorlab berishgan. Lekin ularning keyingi holati menga qorong'u. Bu masala to'g'risida biror bir fikr bildira olmayman. Bularni qo'ya turaylik, hozirgi kunda Boston Hamdamov, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Akrom Komilov, Dilshod Ahmadaliev, Javohir Esonqulov kabi futbolchilar chiqdi. Mana shu futbolchilar oliy ligada to'p tepishmoqda. Bulardan tashqari Sanjar Qodirqulov bor.Qodirqulov birinchi ligada qo'l ostimda mashg'ulot o'tkazgan. Yosh futbolchilarimiz ko'p. Oliy liga yoki birinchi ligaga o'tish paytida nima uchun bular o'ynab keta olmayotgani menga qorong'u.

-  Nima uchun bizda bitta yaxshi futbolchi chiqib qolsa uni barcha yoshdagi terma jamoalarga chaqiraveradi?

-  Siz aytayotgan holat to'g'ri bo'lishi mumkin. Bir futbolchini o'rnini bosa olmaydigan futbolchi bo'lmagandan keyin nima qilish kerak? Istalgan murabbiy bu ishni qiladi. Misol uchun Doston Hamdamovni olaylik. Uni terma jamoada o'ynatsa va klubda Hamdamovni o'rnini bosadigan futbolchi bo'lmasa uni maydonga tushirishga majbur bo'ladi.

-  Bizning futbolimiz bitta futbolchiga bog'lanib qolishi kerak emas nazarimda. Selekcionerlar qayoqqa qaramoqda?

-  O'ylashimcha selekciya ishiga hech qaysi klub qaramasa ham kerak. Selekcioner futbolchi topdi ham deylik, uni o'z klubining murabbiyiga taklif qiladi. U futbolchini nima qiladi? Sotib olsinmi? Jamoa yig'iniga taklif qilishi mumkin. Qishda kelsin o'shanda ko'ramiz deb javob beradi murabbiy. Ushbu futbolchi qishgacha qanday holatda bo'ladi, nima gap nima so'z hech kim bilmaydi. Misol uchun o'sha bola qishda yomon sport formasida kelishi mumkin. Uni murabbiy ko'radi va yoqmadi deb ketkazib yuboradi. Selekcionerning ishi shumi? Men bu savolga qanday qililb izoh berishni bilmayman.


-  Ayb kimda, murabbiydami?

-  Ayb murabbiyda emas. Men selekcioner degan odamni eshitmaganman. Balkim bordir, lekin men bu narsa haqida eshitmaganman. Bir narsani qo'shimcha qilib ketaman. Bu qanchalik rost yoki yolg'on bilmayman. Bizda bitta holat bor, buni o'zim ko'rib amin bo'ldim. Bir murabbiy boshqa jamoaga o'tsa o'sha murabbiyning 8ta futbolchilari albatta uning ketidan o'sha jamoaga borib qo'shiladi. Ko'p holatlarda shunday bo'ladi. Bizda murabbiy yangi jamoaga kelganidan so'ng tezroq natija ko'rsatishini xohlashganidan keyin balki shunday holat yuz berishi mumkindir. Balkim sababi shudir.

-  “Obod” jamoasidan ketishingizga nima sabab bo'ldi?

-  “Obod”ga Aleksandr Mochinov kelganidan so'ng rahbariyatdan yoshlar jamoasiga o'tkazishni o'zim so'raganman. CHunki futbolga o'zimning qarashim bor. Buni ishonch bilan ayta olaman. Zamonaviy til bilan aytganda futbolda o'zimning stilim bor. Bu stil ustida 2 yildan buyon ish olib boryapman. Mana shu stilimni “Obod” yoshlar jamoasida sinab ko'rish niyatim bor edi. Yarim davra davomida bu narsani amalga oshirish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. Qisman qilgan mehnatlarimni samarasini ko'rdim. Bu o'zim uchun tajriba bo'ldi. Kelasi yili yanada yaxshiroq natija qayd etishni rejalashtirib qo'ygandim, lekin ustozim Sergey Lushan meni “Bunyodkor”ga taklif qildi. SHundan so'ng “Obod” klubi rahbarlari bilan uchrashib ularga “Bunyodkor”dan chorlov bo'lganini va ruxsat bersanglar boraman bo'lmasam shu erda qolishimni aytdim. O'sha paytda “Obod” yoshlarini kelasi yili kuchli uchlikka olib chiqishni rejalashtirgandim. Lekin “Obod” rahbarlari menga ruxsat berishdi. SHundan so'ng “Bunyodkor” tashrif buyurdim va 3 oy “qaldirg'ochlar”ning ikkinchi liga jamoasida ishladim. SHundan so'ng akademiyadagi jajji “qaldirg'ochlar”ga futbol sir-asrorlarini o'rgatish uchun u erda o'tdim.

-  Bolalar bilan ishlashni o'zingiz istadingizmi yoki “Bunyodkor” rahbariyati istadimi?

-   O'zim ikkinchi ligada ishlashni istadim, lekin katta murabbiylar menga yoshlar bilan ishlab tur deyishgani uchun bolalarga futbol sir-asrorlarini o'rgatyapman. “Bunyodkor” bilan 1 yillik shartnomam bor. Menga qaysi jamoani berishsa o'sha jamoada ishlayman.

-  “Obod” jamoasidan ketganingizdan so'ng sizga oliy liga yoki bo'lmasam birinchi ligadan taklif bo'ldimi?

-  Oliy liganing boshqa jamoalaridan taklif tushgani yo'q. Lekin birinchi ligadan bazi bir jamolardan takliflar bo'ldi. Hozir ham birinchi liga jamoralaridan takliflar bor. Boya aytib o'tganimdek “qaldirg'ochlar” bilan bir yillik shartnomam bor. Dekabrda ushbu shartnomam o'z yakuniga etadi. Agarda meni yoshligimga etibor bermasa, faoliyatim davomida erishgan natijalarimga qarab menga ishonch bildirsa ishlash uchun ishtiyoqim baland. Yana qaytarib aytaman, bu sohada natijaga erishishga ko'zim etadi. CHunki buni isbotladik. Birinchi ligadan oliy ligaga chiqish va yarim davra juda ham hurmatga sazovor va tajribali murabbiylarga qarshi to'p bahs olib borish menga juda ham katta tajriba berdi. Mana shu tajribamni biror bir jamoada qo'llab ko'rmoqchiman. Buni vaqt ko'rsatadi.


-  Oliy liga jamoasida faoliyat olib borib biroz vaqt o'tgandan so'ng bolalar futboliga kirib keldiz. Faoliyatingizda pasayish kuzatildi deb o'ylaysizmi?

-  Faoliyatimda pasayish kuzatilmadi deb o'ylayman. CHunki bolalar bilan ishlayotgan bo'lsam ham butun xayolim katta futbolda. Agarda niyatim bolalar bilan ishlash bo'lganda men sizning oldingizga kelib o'tirmasdim va o'z fikrlarimni aytmagan bo'lardim. Eng katta orzum bitta jamoani o'zim istagandaka tayyorlash. CHunki o'zimga bo'lgan ishonch yuqori. Faqat menga imkon va kerak. Bazi murabbiylar yutyapti yana ayrimlari mag'lub bo'lyapti. Menga biroz vaqt va imkoniyat beradigan jamoa kerak. Oldimga vazifa qo'ysa albatta uni uddalay olaman. Futbolni yangicha g'oyalarini yaratish bilan yuribman. Men “Bunyodkor”dek jamoada ishlayapman. Bu erdan men juda ham ko'p ilm olyapman. Bu erda katta murabbiylar bilan fikr almashaman bilmaganlarimni ulardan so'rab o'rganyapman. Keyingi yili birorta jamoa menga o'zim istagandek taklif bilan chiqsa albatta o'z rejalarimni o'sha jamoada qo'llayman.

-  Tajribadan tashqari faoliyatingizda o'zingiz uchun nima oldingiz?

-  Juda ham qiziq va o'ylantiradigan savol berdingiz (kulib). SHunchalik ishga sho'ng'ib ketganimdan bu haqida hech ham o'ylab ko'rmagan ekanman. Oldin hamma narsaga bir taraflama qara edim. Hozir ikki taraflama qarashni o'rgandim. Yaxshi va yomon taraflarni. O'z-o'zimni g'azabimni bosishni o'rgandim. Juda ham ko'plab tanishlar orttirdim. Bundan tashqari oilamga baxt olib kirdim. CHunki ota-onam meni televideniya orqali yoki gazetada ko'rishsa xursand bo'lishadi. Bilasiz inson qanchalik xursand bo'lsa shunchalik umri uzoq bo'ladi. “Obod” jamoasi bilan g'alabaga erishganimizda zangori erkan orqali yoki gazeta orqali ko'rishsa xursand bo'lishardi. Bu menga juda ham katta baxt ulashdi. Eng asosiysi bir narsani aniq bildim, o'ziga ishonib qora terga botib mehnat qilgan inson kam bo'lmas ekan. mana shu narsa men uchun eng katta yutuq bo'ldi. Ishonch va haqiqiy mehnat bo'lsa hech kim kam bo'lmas ekan.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика